Qarama-qarshi teorema
Qarama-qarshi teorema — biror teoremaning sharti hamda xulosasini ularning inkori bilan almashtirilganda hosil boʻladigan teorema. Mas, "agar toʻrtburchakning qaramaqarshi burchaklari yigʻindisi 180° ga teng boʻlsa, uning tashqarisiga aylana chizish mumkin" degan teoremaga "agar toʻrtburchakning qarama-qarshi burchaklari yigʻindisi 180 ga teng boʻlmasa, uning tashqarisiga aylana chizish mumkin emas" deganteoremaQ.q. t. boʻladi. Qarama-qarshi teoremat. toʻgʻri boʻlishi shart emas Agar berilgan teorema ham, unga Qarama-qarshi teorema t. ham oʻrinli boʻlsa, ular birga zaruriy va yetarli shartni tashkil qiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |