Qaraqalpaqstan
Bu 2022-02-04da manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qaraqalpaqstan (oʻzbekcha: Qoraqalpogʻiston) — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi mahalliy telekanal. Qoraqalpogʻiston respublikasi hududida efir uzatadi. Sutkada 18 soat faoliyat yuritadi, efir asosan qoraqalpoq tilidadir, qoʻshimcha oʻzbek, qozoq va rus tillarida ham koʻrsatuvlar berib boradi. Qoraqalpoq tilida efirga uzatuvchi eng keksa va eng katta telekanaldir. Telekanalning bosh binosi Nukus shahrida joylashgan.
Qaraqalpaqstan Qoraqalpogʻiston | |
---|---|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Teleradiokompaniyasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | sutkada 18 soat |
Namoyish hududi | Qoraqalpogʻiston |
Til(lar)i | qoraqalpoqcha, oʻzbekcha, qozoqcha, ruscha |
Boshqaruv markazi | Nukus, Doʻstnazarov koʻchasi 20-uy |
Mazmuni | universal |
Efirga chiqqan | 1964-yil 5-noyabr |
Tomoshabinlar | taxminan 2 million kishi |
Egasi | Qoraqalpogʻiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
Rahbarlari | Nazira Jaqsimuratova (direktor v.b.) |
Aloqador telekanallar | Oʻzbekiston MTRK kanallari |
Sayt | www.mtrk.uz |
Tarixi
tahrirQoraqalpoq televideniyesining ilk dasturlari 1964-yil 5-noyabrdan qoraqalpoq va rus tillarida kuniga bir necha daqiqadan efirga uzatilishni boshlagan. 1965-yildan ushbu televideniye haftasiga toʻrt marta 2,5 soatdan efirga uzatish imkoniyatiga ega boʻlgan. Keyingi yillarda efir soatlari va kunlari uzaya boshlagan. Oʻzbekiston mustaqillik eʼlon qilganidan soʻng Qoraqalpogʻiston televideniyesi Oʻzbekiston DTRK (hozirgi Oʻzbekiston MTRK) tarkibiga kirgan. 2002-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Teleradiokompaniyasi tashkil etilgan.
Yoʻnalishi
tahrirTelekanal yoʻnalishi universal. Telekanal efirida jamiyat, siyosat, ilm-fan, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi koʻrsatuvlar va dasturlar, milliy va xorijiy filmlar, seriallar va multfilmlar, yangiliklar uzatiladi.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |