Oqchitir
Oqchitir, qargʻatirnoq (Euclidium syriacum) — butguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi asosidan tarvaqaylagan, sershox, qat-tiq tuklar bilan qoplangan, boʻyi 10— 30 sm. Barglari bandli, choʻzinchoq, ket-ma-ket joylashgan, chetlari siyrak tishli, tukli. Gullari oq yoki oqish-sariq, bandsiz, poya uchida shoda toʻpgul hosil qiladi. Mevabandi yoʻgʻon, me-vasi — qoʻzoq. Ildizi oʻq ildiz. May — iyulda gullaydi va mevalaydi. Bir tupi 3 mingdan ortiq urugʻ tugʻadi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 4—18° haroratda koʻkaradi. Mart — mayda, shuningdek, avgust—oktabrda nihol beradi. Oʻrta Osi-yoda tarqalgan. Beda, su-gʻoriladigan va lalmi don ekinlari orasida uchraydi.
Kurash choralari: gullagunga-cha oʻtoq qilinadi, pichanga ekilgan beda erta muddatlarda, begona oʻt mevalari yetilgun-cha oʻriladi; gʻalla ekinlariga 2,4=D tipidagi gerbitsidlar purkaladi va boshqa [1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |