Kontrataka (frans. contreattaque), qarshi hujum — jang olib borayotgan yoki mudofaada turgan qoʻshin qismlari tomonidan ularning saflarini buzib ancha ichkariga suqilib kirishga muvaffaq boʻlgan dushman kuchlariga qarshi, ularni tor-mor etish, ilgari qoʻldan boy berilgan taktik vaziyatni qayta tiklash maqsadida amalga oshiriladigan shiddatli qarshi hujum. Kontrataka mudofaada turgan qoʻshinlar faolligini belgilovchi jihat boʻlib, aksar hollarda ikkinchi qatordagi hamda zahirada turgan harbiy kuchlar ishtirokida oʻtkaziladi. Qayta hujumga oʻtgan qismlar qoʻshinda mavjud jangovar oʻt ochish qurollari tomonidan qoʻllab-quvvatlanib turadi. Oʻz zahira qismlarini berilgan zarbani yanada mustahkamlash uchun tashlashga ulgurmagan gʻanim kuchlariga nisbatan kuchli hamla qilish koʻp hollarda K.ning muvaffaqiyatini taʼminlaydi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil