Qatlnoma
Qatlnoma — asari oʻtgan asrning oʻttizinchi yillarida xalqimiz boshiga tushgan qora kunlar haqida hikoya qiladi. Muallifi 1956-yil 7-noyabrda tavalluda topgan, bir necha asarlar yozgan va tarjima qilgan oʻzbek adibi Nabijon Boqiy[1]. „Qatlnoma“ dastlab 1991-yil „Sharq jurnali“ning 5-6-sonlarida nashr etilgan. Kitobda nozik mavzular hamda bugungi kunimizda mashhur boʻlgan koʻplab yozuvchi va adiblarning bizga maʼlum boʻlmagan qirralari haqida gap ketgani sababli ushbu asarni chop etishga uzoq vaqt sarflangan. Yuqoridagilarni inobatga olib ushbu asarga soʻz boshi Oʻtkir Hoshimov va Omon Muxtor tashabburi blan yozilgan[2]. Uzoq yillar davomida qayta chop etilmagan ushbu asar 2020-yilda yangi faktlar bilan qayta nashr qilindi.
Muallif(lar) | Nabijon Boqiy |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | hujjatli qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1992-yil |
Nashriyot | Azon kitoblari |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | / 2021-yil |
Sahifalar soni | 438 |
ISBN | 978-9943-6619-7-4 |
„Qatlnoma“ hujjatli qissa boʻlib, ushbu asarni yozish jarayonida Nabijon Boqiy oʻsha davrdagi Oʻzbek Nozirlar Kengashi huzuridagi Davlat Xavfsizlk qoʻmitasi (KGB)dagi arxiv hujjatlarini hamda uning Matbuot guruhi taqdim etgan bir qancha manbalarni chuqur oʻrganib chiqdi. Kitobda ham ushbu hujjatlar keltirilgan[2].
Mazmuni
tahrirO'zbek Nozirlar Kengashi huzuridagi Davlat Xavfsizligi qo'mitasi (KGB), hususan uning matbuot guruhi (boshlig'i A.N.Blagorodov) oshkoralik sharofati tufayli bizga hujjatgohda saqlanayotgan "mutlaqo maxfiy" jinoyatnomalar bilan bevosita tanishishga ijozat berdi. Jumlada, dilbar adibimiz Abdulla Qodiriyning achchiq qismati aks ettirilgan 976585-sonli "Qatlnoma"ni ko'zimiz bilan ko'rdik, o'z qo'limiz bilan undan bir nechta umumiy daftarga nusxa ko'chirdik va diqqatga loyiq ba'zi sahifalaridan fotonusxa olindi. Tergov, sudga oid barcha rasmiy qog'ozlar o'ris tilida to'ldirilgan ekan. Ba'zi bir "ashyoviy dalil"lar asl nusxada — arab imlosida (o'zbekcha) ilova qilingan, xolos. Qatli om davrida sudlanuvchi na tarjimon, na oqlovchi (advokat) bilan ta'minlangan. Shuning uchun kamina hujjatlarga "tilmoch" bo'ldim, oqlovchi esa o'zingiz aziz o'quvchi. Lekin qilichni yalang'ochlab turgan "hakam" misoli beto'xtov hukm chiqarishga shoshilmang: avvalambor, yetti marta o'lchab ko'ring; birni ko'rib fikr qiling, birni ko'rib zikr...
Asarning mazmuni asosan, xalqimizning sevimli adibi Abdulla Qodiriy hayotining mudhish kunlari haqida hikoya qilsada, uni mutoalaa qilgan oʻquvchi qatagʻon tuzumining butun oʻzbek oydinlari ustida oʻynatgan qonli qilichi haqida chuqur tasavvur uygʻotadi. „Qatlnoma“ asari bizga ushbu oydinlar kimlarning qoʻli bilan, qachon va qay yoʻsinda yoʻq qilingani haqida hikoya qiladi. Shu sababli ushbu asar oʻquvchida oʻzgacha bir hayajon uygʻotishi tabiiy jarayondir.
Eʼtiroflar
tahrir- Miraziz Aʼzam:
"Men Nabijon Boqiyning „Qatlnoma“sini yopaman va muallifning ishi haqida oʻylayman: bu kitobni yozish uchun kishi yuzlab kitob, gazeta, jurnal, ming-ming sahifalardan ortiq hujjatlarni oʻqib, dalillarni guruhlab necha-necha qaydnoma daftarlarini toʻlatishi kerak axir!" deb asarhaqida oʻzining bir qancha xulosalarini beradi va unga quyidagilarni ilova qiladi:
Men bu muallifga xalq yozuvchisi va tarix professori unvoni berilishini soʻrab yuksak idoralarimizni behalovat qilgim kelmaydi. Lekin oʻzimizning kamtarona tashkilotimiz — Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi „Qatlnoma“ni eng kamida hujjatli publitistika sohasidagi yaratilgan „YIL KITOBI“ nomi bilan qutlanishini istayman[2].
- Nuriddin Akramovich Muhiddinov:
Kitobingizni sinchiklab oʻqidim, maʼqul boʻldi. Oʻsha mudhish voqealar huddi shunday nuqtayi nazardan yoritilishi kerak edi. Siz toʻgʻri yoʻlni tanlagansiz[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Tojialiyev, Davronbek. "Kitob haqida kitob". Akademnashr — 117-, 118-betlar-bet. ISBN 978-9943-6965-7-0.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Nabijon, Boqiy. Qatlnoma — 438-bet. ISBN 978-9943-6619-7-4.
- ↑ „Nabijon Boqiy. Qodiriy qachon qatl etilgan?“. https://kh-davron.uz/.+Qaraldi: 16-iyun 2022-yil.