Toʻlepbergen Qayipbergenov (qoraqalpoqcha: Tólepbergen Qayıpbergenov; 1929-yil 7-may, Qoraqalpogʻiston, Kegeyli tumani — 2010-yil 14-sentyabr) — Oʻzbekiston (1993) va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi (1974), Oʻzbekiston Qahramoni (2003).

Toʻlepbergen Qayipbergenov
Tavalludi 7-may 1929-yil
Vafoti 14-sentyabr 2010-yil(2010-09-14)
(81 yoshda)
Taxtakoʻpir
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston Qahramoni

Hayoti

tahrir

Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). 1955-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlagach, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi „Amudaryo“ adabiy-badiiy jurnalida adabiy xodim bo‘lib ishlagan (1955-1957). Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1957-1958), Qoraqalpogʻiston teleradiokomitetida katta muharrir, rais oʻrinbosari (1958-1959), „Jas leninshi“ gazetasining bosh muharriri (1959-1960), „Qoraqalpogʻiston“ nashriyoti direktori, „Sovet Qoraqalpogʻistoni“ gazetasining bosh muharriri (1962-1972), Qoraqalpogʻiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshligʻi (1972-yildan), Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari (1980-yildan) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

  • 1955—1957-yillar — „Amudaryo“ jurnali xodimi.
  • 1955—1957-yillar — Qoraqalpoq radiosi muharriri.
  • 1957—1958-yillar — Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar jamiyati mas’ul kotibi.
  • 1958—1959-yillar — Qoraqalpog‘iston radiosi direktori o‘rinbosari.
  • 1959-1960 yillar — „Jas Leninshi“ gazetasi muharriri.
  • 1960-1962 yillar — Qoraqalpoq davlat nashriyoti direktori.
  • 1964-1967 yillar — Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Televideniye va radioeshittirish davlat qo‘mitasi muharriri.
  • 1967—1980 yillar — Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi Vazirlar Soveti huzuridagi poligrafiya va kitob savdosi davlat qo‘mitasi raisi.

1980-yilda qurultoyda muqobillik asosida koʻpchilik ovoz bilan Ibrohim Yusupov oʻrniga Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisligiga saylandi va umrining oxirigacha shu rahbarlik qildi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari va SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruv organlariga saylandi. Bundan tashqari,

  • 1982-yilda T.Qaipbergenov tashabbusi bilan Qoraqalpog‘istonda birinchi marta SSSR respublikalarining adabiyot kunlari o‘tkazildi.
  • 1987-yilda Qoraqalpogʻiston Oliy Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan, bir vaqtning oʻzida Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik qilgan.
  • 1995-yildan — Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi jamgʻarmasi boshqaruvi raisi etib saylangan.

1989—1991-yillarda — SSSR xalq deputati, SSSR Oliy Kengashining Millatlar kengashi aʼzosi.

Dastlabki qissasi — „Sekretar“ (1956), „Rahmat, muallim“ (1958), „Sovuq tomchi“ (1964), „Uyqusiz tunlar“ (1965) qissalarining, „Soʻnggi tomchi“ (1960), „Qoraqalpoq qizi“ (1 — 2-kitoblar, 1963-1965), „Qoraqalpoq dostoni“ trilogiyasini tashkil etgan „Mamanbiy afsonasi“, „Qoraqalpoqnoma“ roman-essesi (1978), „U dunyoga bobomga xatlar“ (1982) asarlari chop etilgan. „Qoraqalpoqman — tavakkalchiman“ (2003) asari, shuningdek, „Familiya“ pyesasi, „Berdaq“ („Sahro bulbuli“), „Oydoʻst bobo“ dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining XVII—XVIII asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning oʻzaro qardoshligi haqida yozilgan.

Mukofotlari

tahrir

1967-yil Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti;

1971-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati;

1974-yil Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi;

1979-yil „Hurmat belgisi“ ordeni[1]

1993-yil Oʻzbekiston xalq yozuvchisi[2];

1994-yil "Do‘stlik" ordeni[3].

1995-yil “Qoraqalpoqnoma” romani uchun Mahmud Qashg‘ariy nomidagi xalqaro mukofot laureati;

2004-yil „U dunyodagi otamga xatlar“ kitobi uchun Mixail Sholoxov nomidagi xalqaro mukofot laureati;

2003-yil Oʻzbekiston Qahramoni nomiga sazovar boʻlgan[4].

„Shuhrat“ medali, „Doʻstlik“[5] va “El-yurt Xurmati”[6] ordenlari bilan taqdirlangan. „Qoraqalpoq dostoni“ trilogiyasi uchun SSSR Davlat mukofoti (1986) („Maman biy qissasi“, „Baxtsizlar“, „Gumrohlar“).

Naberejnye Chelniy (Rossiya), Qizil-O‘rda (Qozog‘iston) shaharlarining faxriy fuqarosi. U bir necha bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar Kengashi deputati etib saylangan.

Manbalar

tahrir
  1. https://tert.nla.am/archive/NLA%20TERT/SSRM19381954/1979/20.pdf
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 28 yanvar 1993 года № УП-553 «О награждении группы участников Дней культуры Республики Каракалпакстан в Республике Узбекистан
  3. „„Xalq so‘zi" gazetasi 1994-yil 26-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 25-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi e`lon qilinganligining uch yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2003 года № УП-3299 «О присвоении звания «Узбекистон Кахрамони» // Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан. — 2003. — Avgust (вып. 1328, № 8). — С. 103.
  5. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1994 года № УП-939 «О награждении в связи с 3-ей годовщиной провозглашения независимости Республики Узбекистан
  6. Указ Президента Республики Узбекистан от 4 may 1999 года № УП-2288 «О награждении Каипбергенова Т. и Юсупова И. орденом «Эл-юрт ҳурмати»

Adabiyot

tahrir
  • Shermuxamedov P., Mir pisatelya, yego knigi, yego narod, Nukus, 1982.
  • Mamanbiy afsonasi [Roman], T., 1974; Baxtsizlar [Roman], T., 1976; Gumroxlar [Roman], T., 1978.