Qayroqqum zilzilasi (1985)

(Qayroqqum zilzilasidan yoʻnaltirildi)

Qayroqqum zilzilasi 1985-yil 13-oktabrda mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00 da sodir boʻladi. Yer silkinishlari Qayroqqum shahrida (Tojikiston SSR, Leninobod viloyati), shuningdek, viloyatning eng yaqin shaharlari va qoʻshni Oʻzbekiston hududida ham yaqqol sezilgan.

Qayroqqum zilzilasi
Qayroqqum zilzilasi (1985) (Tojikiston)
Sana va vaqti 13-oktyabr, 1985-yil(1985-10-13)
Miqdori 8,9 Mw
Chuqurligi 16 km
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Zilzila oʻchogʻi Qayroqqum suv omborida yuz beradi.

Zilzila kuchi Rixter shkalasi boʻyicha — 8 ballni, Intensivligi — 9 ballni tashkil etadi.

Hattoki tunlari ham yer silkinishlari kuzatilib turardi.

Oqibatlari

tahrir

Qayroqqum shahri, uning atrofidagi qishloq va qishloqlarda kuchli vayronagarchilikka uchraydi. Qolgan binolarning aksariyati yaroqsiz holga kelgani tufayli keyinchalik buzib tashlangan. Ayniqsa, gilam fabrikasi (asosiy qurbonlar ham boʻlgan), shuningdek, Kaptuluq qishlogʻi kuchli zarar koʻradi. Eng yaqin shaharlarda (Leninobod, Chkalovsk, Gʻofurov) ham koʻplab binolar xarobaga aylanadi.

Rasmiy ravishda 29 nafar kishi halok boʻlganligi haqida bong urilgani bilan, garchi mahalliy aholi guvohicha, oʻlimlar soni bundan koʻp boʻlgan. Shuningdek, 100 nafarga yaqin insonlar ham qattiq jarohatlanishadi.

Zilziladan keyin Qayroqqum shahrining tiklanishi bir necha yilga choʻzilib ketadi. Koʻpgina aholi bir necha oydan ikki yilgacha vagonlarda yashab, yangi uy-joylarni intizorlik bilan kutishadi. Qayta tiklashdan soʻng shahar qiyofasini tubdan oʻzgartiriladi.

Matbuotda yoritilishi

tahrir

Zilzila va uning oqibatlarini bartaraf etish bilan bogʻliq voqealar markaziy televideniye orqali yoritib boriladi.

Qayroqqumdagi zilzila haqida “Episentr” hujjatli filmi ham suratga olinadi.

Havolalar

tahrir