Qayta qurish
Qayta qurish – 20-asrning 80-yillari oʻrtalarida keng isteʼmolga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh yoʻli bilan oʻzgartirishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda toʻplanib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni „qayta qurish“ yoʻli bilan hal etishdan iborat boʻlgan. M. S. Gorbachyov boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayoti va umuman jahonda maʼlum oʻzgarishlar sodir boʻlishiga olib keldi (oshkoralik, siyosiy plyuralizm, „sovuq urush“ning tugashi va hokazo). Qayta qurishniamalga oshirishdagi qarama-qarshilik va norozichilliklar natijasida 80-yillarning oxiri – 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida boʻhronlar kuchayib ketdi. Bunga shu davrda turli respublikalarda boʻlib oʻtgan siyosiy voqealar, milliy nizolarning ayrim joylarda ixtilofli tus olishi misol boʻladi.
Qayta qurish sobiq SSSRda toʻplanib qolgan muammolarni toʻla hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik gʻoyalariga toʻgʻri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning halokati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki boʻldi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |