Qaytarma (raqs)
Qaytarma (qrim tatarcha: qaytarma, къайтарма - "qaytish") - Qrim-tatar xalq raqsi.
Taʼrifi
tahrirQaytarma raqsi tabiiy tsikl va doimiy harakatlarni aks ettiradi. Bu raqs paytida erkak qoʻllarini bir-biridan ajratib turib, barmoqlarini musht qilib mahkam bogʻlaydi. Yengil sakrashlar bilan tez va provokatsion harakatlar qilib, raqs paytida erkak tanani tekis ushlab turadi. Qarama-qarshi raqsga tushayotgan ayol esa oyoq va yelkalarining nozik holda, qoʻllari bilan aylanma harakat qiladi[1]. Shu bilan birga, ayrim manbalarda raqsni faqat ayollar yoki ayollar erkaklardan alohida ijro etishi mumkinligi ham qayd etilgan[1].
Bu raqs qirim tatarlar tomonidan toʻy va bayramlarda ijro etiladi.
Kelib chiqish tarixi
tahrirTadqiqotchi A.V.Bogorod qaytarma darveshlarning soʻfiycha raqsidan olinganligini taxmin qiladi.
B.N.Kazachenko, N.Y.Bakshi, A.L.Achkinadzening "Qrimchaklarning musiqiy va sheʼriy merosi" maqolasida koʻrsatilgan versiyaga koʻra, raqsning kelib chiqishi 1492-yili Iberiya yarim orollaridan surgun qilinib, keyinchalik Qrimda vujudga kelgan sefardlarga borib taqaladi. Yarim orolda raqs Qrim siganlari (urmachellar) tomonidan qabul qilingan. Maqola mualliflari qaytarma haqida 1-marta 1793-yilda tilga olinganligini taʼkidlaydilar[2]. Bundan tashqari, raqsning bir qancha turlari nafaqat Qrim tatarlari, balki qirimchaklar, karaitlar, urumlar va greklar tomonidan ham foydalaniladi[3].
1903-yilda bastakor Aleksandr Spendiarov ilk bor “Qaytarma” kuyini ijro etdi. Qoʻshiq uchun materiallarni esa Qorasubozorda boʻlganida toʻplagan. Spendiarov 7/8 ritm oʻrniga Qrim xalqlari musiqasiga xos boʻlmagan 3/8 olchovli kuyni yaratishga muvaffaq boʻldi.
1925-yilning yozida Qrimda boʻlgan arxeologik va etnografik ekspeditsiyada Usein Bodaninskiy, Usmon Akchokrakli va Asan Refatov ishtirok etib, ekspeditsiya davomida raqsning 25 ta varianti yozib olingan. Toʻplangan materiallar asosida Refatov 1932-yildagi "Qrim tatarlarining qoʻshiqlari" kitobida Qaytarma faqat Qrim-tatar raqsi hisoblanib, Kavkaz, Turkiya yoki Eron xalqlariga xos emas degan xulosaga keldi. 1995-yilda Sergey Zaychenkoning "Azov dengizi greklarining raqslari" asarida mintaqadagi 22 ta aholi punkti oʻrganildi. Ushbu ekspeditsiya jarayonida raqsning turli versiyalari ham yozib olinib, Zaychenko qaytarmaning musiqiy ritmini turkiy madaniyatga xos boʻlgan -9/8 yoki 7/8 deya tavsiflagan. Shundan kelib chiqib ham, tadqiqotchi bu raqsni yunonlar madaniyatiga nisbat berib boʻlmaydi, degan xulosaga kelgan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Шерфединов, Яя. Звучит кайтарма // Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма. Ташкент, 1978. с. 232 — с. 181
- ↑ Казаченко Б.Н., Бакши Н.Ю., Ачкинадзе А.Л. Музыкально-поэтическое наследие крымчаков // Вопросы крымскотатарской филологии, истории и культуры. — 2016. — № 2. Архивировано 13 yanvar 2020 года.
- ↑ Караимская жизнь // 1911. № 07