Sobirov Qayum Hamrayevich 1970-yil 5-sentyabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan[1].

Qayum Sobirov Hamroyevich
Hokim
Mansab davri
2020-yil 18-aprel – bugungi kungacha
Oʻtmishdoshi To‘ychiyev Hamza Hakimovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1970-yil 5-sentyabr
Siyosiy partiyasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

Ilmiy darajasi

tahrir

Maʼlumoti oliy. 1996-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi[2].

Mehnat faoliyati

tahrir

1987—1988-yillarda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Kalinin xoʻjaligi ishchisi.

1988—1990-yillar Harbiy xizmatda.

1990—1992-yillarda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Kalinin xoʻjaligi ishchisi.

1992—1994-yillar oraligʻida Samarqand viloyati, Urgut tumani, Qoratepa matlubot jamiyati (oʻrganuvchi hisobchi) hisobchisi.

1994-yil Samarqand viloyati „Ziyo“ tayyorlov savdo korxonasi hisobchisi.

1994—1996-yillarda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Qoratepa matlubot jamiyati hisobchisi.

1996—1997-yillarda Davlat-tijorat „Xalq banki“ Samarqand viloyat boshqarmasi kredit resurslar va iqtisodiy meʼyorlar boʻlimi mutaxassisi.

1997—1999-yillarda Davlat-tijorat „Xalq banki“ Samarqand viloyat boshqarmasi muhosiblik va hisobot boʻlimi 1-toifali muhosibi va bosh muhosib oʻrinbosari.

1999—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi naqd pul muomalasi boʻlimi bosh iqtisodchisi.

2001—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi Iqtisodiy tahlil va kredit hisob-kitob munosabatlari boʻlimi bosh iqtisodchisi, Iqtisodiy tahlil boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi.

2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshligʻi.

2007—2008-yillarda „Gʻallabank“ning Samarqand mintaqaviy filiali boshqaruvchisi.

2009—2012-yillarda Ochiq aksiyadorlik tijorat banki „Qishloqqurilishbank“ Samarqand mintaqaviy filiali boshqaruvchisi.

2012—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshligʻi.

2020-yildan boshlab Jomboy tumani hokimi lavozimida faoliyat olib bormoqda[3].

Oilasi

tahrir

Oilali. Uch nafar farzandi bor.

Asarlari

tahrir
  • „Otamning izlari“ (2016);
  • „Yolg‘izoyoq yo‘l“ (2019);
  • „O‘zlikni izlab“ (2021).

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Bugun tug‘ilgan kun – Qayum Sobirov“. UzA.uz (2022-yil 5-sentyabr). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  2. „Tarixda ilk bor tuman hokimi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi“ (2022-yil 29-iyul). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  3. „Jomboy tumanida hokim o‘zgardi“. Kun.uz (2020-yil 18-aprel). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  4. „В Самарканде в торжественной обстановке вручили награды“. Samcity.uz (2019-yil 30-avgust). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  5. „“Mahalla iftixori” ko‘krak-nishoni“ (2022-yil 31-avgust). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  6. „“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan“ (jomboy.uz). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.