QazvinEronning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Elburs togʻining jan. etagida. Aholisi 292 ming kishi (1997). Transport yoʻllarining muhim chorrahasi. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oynashisha va elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Gilam toʻqiladi.

Qazvin.

Shahar Sosoniylar davridan maʼlum. Oʻrta asrlarda Q. orqali Erondan Janubiy Kavkazga boriladigan savdo yoʻli oʻtgan. 1220-yilda shaharni moʻgʻul bosqinchilari buzib tashlagan. Keyinroq qayta tiklanib, Eronning madaniyat markazlaridan biriga aylangan. 16-asrda shahar ayniqsa ravnaq topgan. Oʻsha davrda Qazvin miniatyura maktabi shakllangan. 154898 yillarda Safaviylar davlati poytaxti boʻlgan. 18-asrda oʻz mavqeini yoʻqotgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (1217-asrlar), Haydariya masjidi (12-asr) va boshqalar saqlangan.