Qibtiylar
Qibtiylar (koptlar) — xristian diniga eʼtiqod qiluvchi Misr arablarining etnokonfessional guruhi (asosan, monofisiylar, uniylar va protestantlar ham bor). Yuqori Misrdagi shaharlarda, shuningdek, Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlarida yashaydi. 4 mln. kishidan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Misrning arablargacha boʻlgan qadimiy aholisi avlodlari.Qibtiy tilida (qad. misr tilining soʻnggi bosqichi; asosan ibodat tili hisoblanadi) soʻzlashadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |