Qilichbardorlar ordeni
Qilichbardorlar ordeni - nemis katoliklarining diniy-ritsarlik harbiy tashkiloti. Sharqiy Boltiqboʻyi yerlarini bosib olish maqsa-dida 1202-yil Riga yepiskopi Albert hamda Rim papasi Innokentiy III hamkorligida barpo etilgan. Ritsarlarning oq chakmonlarida krest (xoch) bilan qizil qilich tasviri boʻlgani uchun shunday atalgan. 1236-yil litvalar va zemgallarning birlashgan kuchlari Qilichbardorlar ordeni qoʻshinlarini tor-mor keltirganidan soʻng, 1237-yil ordenning qolgan-qutgan qismi Tevton ordeni bilan birlashib, Sharqiy Boltiqboʻyida Livon ordenini tashkil etgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |