Qirgʻiz milliy universiteti
Qirgʻiz milliy universiteti — Qirgʻizistondagi yirik oliy oʻquv yurti. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydi. 1992-yil Qirgʻiziston davlat universiteti (1951) negizida tashkil etilgan. Bishkek shahrida joylashgan. Matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya, tarix, filologiya, iqtisodiyot, huquq va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Botanika bogʻi, zool. muzeyi, kutubxonasi (1 mln.ga yaqin asar) bor. "Ilmiy asarlar toʻplami"ni nashr etadi (1968-yildan). 13 ming talaba taʼlim oladi.
Кыргыз улуттук университети | |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |