Qirgʻiziston milliy fanlar akademiyasi
Qirgʻiziston milliy fanlar akademiyasi, Qirgʻiz Respublikasi milliy fanlar akademiyasi — Qirgʻizistonning oliy ilmiy muassasasi. 1954-yil 20 dekabrda SSSR Fanlar akademiyasining Qirgʻiziston filiali asosida tashkil topgan. Akademiya Prezidiumi Bishkek shahrida joylashgan. 42 haqiqiy (akad.), 58 muxbir aʼzosi bor. Fan tarmoq va yoʻnalishlari boʻyicha 3 boʻlimi (fizikatexnika, matematika va kon-geol. fanlari; ijtimoiy fanlar; kimyo-texnologiya, tibbiyot-biologiya va qishloq xoʻjaligi fanlari) hamda Janubiy boʻlimi, 23 ilmiy tadqiqot instituti, iqtisodiy, ijtimoiy tad-qiqotlar markazlari, Botanika bogʻi bor (2005). Akademiya tadqiqotlarining yetakchi yoʻnalishlari: axborot-telekommuni-katsiya texnologiyalari, elektronika va amaliy mat. muammolari; energetikaning fizika-texn.ika masalalari; mashinalar nazariyasi va boshqaruv, texnologiya jarayonlari va tizimlarini avtomatlashtirish; tabiatdan oqilona foydalanish va tabiiy suvenergetika resurslari; togʻli rayonlarda tabiiy va tabiiy-texnogen jarayonlarni kompleks tadqiq etish va falokatlarni oldindan aytish; yangi material va kimyoviy texnologiyalar; bioxilmaxillik va ekologiya; togʻ ekologiya tizimi masalalari va togʻ populyatsiyasining barqaror taraqqiyoti; molekulyar biologiya va biotexnologiya; Qirgʻiz Respublikasining barqaror siyosiy, iqtisodiy va ijti-moiy taraqqiyoti masalalari; Q. xalqlarining milliy tili, siyosiy va madaniy shakllanishi, etnogenezi. Akademiya „Axborot“ (1966-yildan) va bir qancha ilmiy jur.lar nashr etadi. Prezidenti — J. J. Jeenboyev (1997-yildan).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |