Qirgʻiz musiqasi koʻchmanchi xalqlar musiqalariga yaqin boʻlib, turkman va qozoq musiqalari bilan chambarchas bogʻliq. Qirgʻiz xalq musiqalari uzun va barqaror ohanglardan foydalanilishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, qirgʻiz musiqalarida ruscha unsurlar ham koʻzga tashlanadi.

Anʼanaviy musiqasi

tahrir

Qirgʻiz musiqasida sayohatchi sozandalar va manaschi deb atalgan shamanlar oʻzlarining qoʻshiq aytishlari hamda qoʻmuz chalishlari bilan mashhur. Ularning musiqasi odatda qahramonlik dostonlari hisoblanadi. Ularning eng mashhur dostoni, „Manas“ dostoni (Gomerning Odisseyidan 20 baravar uzunroq) Manas ismli jangchi va uning xitoyliklar bilan jang qilgan avlodlari haqidagi vatanparvarlik afsonasidir[1]. Qirgʻizistonda Risbek Jumaboev va Sayaqbay Qoralaev kabi zamonaviy manas qorilari juda mashhur[2].

Qirgʻiz xalq cholgʻulari orasida qoʻmuzdan tashqari qiyoq, sibizg‘a, yonbosh nay, chopo-choor kabilar ham bor. Qoʻmuz Qirgʻizistonning milliy cholgʻusidir. U torli cholgʻu asbobi hisoblanadi. Qiyoq esa qirgʻiz oʻziga xosligining muhim ramzlaridan biridir. U ham torli cholgʻu boʻlib, moʻgʻulcha morin xuur hamda otlar va ularning qirgʻiz madaniyatida oʻynaydigan muhim roli bilan bogʻliq. Qirgʻiz xalq madaniyatinda shomanistik unsurlar saqlanib qolgan, jumladan dobulba (ramkali nogʻora), asa-tayak (qoʻngʻiroq va boshqa buyumlar bilan bezatilgan yogʻoch buyum) va yuqorida tilga olingan qiyoqlar bunga misol boʻla oladi.

Ijrochilari

tahrir

Hozirgi kunda qirgʻiz anʼanaviy musiqasining zamonaviy ijrochilari sifatida „Qambarkan“ milliy folklor ansambli aʼzolarini keltirish mumkin[3].

Salamat Sodiqova esa kuchli ovozga ega mashhur qirgʻiz qoʻshiqchilaridan biri hisoblanadi. Uning repertuarida folklor uslubidagi zamonaviy asarlar, shuningdek, xalq qoʻshiqlari ham mavjud[3].

Boshqa eʼtiborga molik ijrochilar qatoriga Tengir-Too, the Djunushov Brothers guruhlari hamda Jusup Aisaev, Gulnur Satylganova va Zere Asylbeklar kiradi.

Qirgʻizistonlik mashhur yozuvchi va musiqachi Elmirbek Imanaliyev 2020-yil aprel oyida vafot etdi[4].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Broughton, Simon and Sultanova, Razia. „Bards of the Golden Road“. 2000. In Broughton, Simon and Ellingham, Mark with McConnachie, James and Duane, Orla (Ed.), World Music, Vol. 2: Latin & North America, Caribbean, India, Asia and Pacific, pp 24-31. Rough Guides Ltd, Penguin Books. ISBN 1-85828-636-0
  2. „Almaty or Bust“. Central Asia in Words and Pictures. 2005-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2005-yil 27-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Welcome to Kyrgyzmusic.com“. Kyrgyzmusic.com. Qaraldi: 2005-yil 27-sentyabr.
  4. „Condolences for passing of famous author and state artist of Kyrgyzstan Elmirbek Imanaliyev“. Turksoy.