Qirolicha meri yeri
Qirolicha meri yeri - Sharqiy Antarktidaning 92°03’ va 100°04’ shq.u.lar oraligʻidagi qismi. Gʻarbda Vilgelm II, sharqda Uilks Yeri bilan chegaradosh. Qirgʻoqlarini Deyvis va Mouson dengizlari yuvib turadi. Hududining aksari qismi qalinligi 2500–3000 m li muz bilan qoplangan, sohil qismida tub jinslar qisman ochilib qolgan. D. Mouson boshchiligidagi Avstraliyaning Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan 1912-yilda kashf qilingan va ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan. Hududda observatoriya ishlab turibdi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |