Qirsichqonlar
Qirsichqonlar - kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlarning kenja oilasi. Baʼzi olimlar fikricha, mustaqil oila. 40 ga yaqin urugʻi mavjud. Shimoliy yarim shar materiklari va koʻpgina orollarida, Shimoliy Afrika, Hindiston, Yaponiya, Kuril, Komandor orollari, shuningdek, Meksikaning Shimoliy qismigacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Tanasining uz. 10—12 sm, baʼzilari-niki 36 sm gacha. Dumi tanasining yarmicha. Rangi — qoʻngʻir yoki kulrang. Jagʻ tishlari doim oʻsib turadi. Koʻpchilik turi koloniya boʻlib yashaydi. Yil boʻyi faol hayot kechiradi. Oʻsimliklarninger ustki qismlari bilan oziqlanadi. Yilda 4—6-marta 4—8 tadan bola tugʻadi. Koʻpgina qishloq xoʻjaligi ekinlarining xavfli zararkunandasi. Tulyaremiya, leptospiroz kabi kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining tabiiy manbai. Iirik turlari (mas, ondatra) moʻynasi uchun ovlanadi. Oʻzbekistonda oddiy Q, zakas-piy qirsichqoni, jamoatchi Q. va boshqa tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |