Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi
Qishloq xoʻjaligi entomologiyasi — umumiy entomologiyaning bir sohasi; hasharotlarning tana tuzilishi. organlari faoliyati, yashash tarzi, tashqi muhit bilan oʻzaro munosabati, zararli va foydali tomonlari va boshqalarni oʻrganadi. Qishloq xoʻjaligie., asosan, hasharotlar — qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan, oʻsimliklar zararkunandalari ularga qarshi kurash choralari hamda ular koʻpayishi prognozi usullarini ishlab chiqishni, zararkunandalarning tabiiy kushandalari — entomofaglarni, changlatuvchi-hasharotlar, asalari (asal berali), tut va eman ipak qurti (ipak uchun), lok beruvchi chervetslar, tuproq hosil boʻlishida ishtirok etuvchi hasharotlar va boshqalarni muhofaza qilish va samaradorligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, hasharotlardan tashqari boshqa zararli umurtqasiz hayvonlar — nematodalar, mollyuskalar va kanalarni ham tadqiq etadi. Qishloq xoʻjaligie. fan sifatida zoologiya, umumiy entomologiya va agronomiya asosida shakllandi. Uning mustaqil fan boʻlib (19-asr 50-yillarida) rivojlanishi hasharotlarning inson hayotida tutgan amaliy ahamiyati bilan bogʻliq. Qishloq xoʻjaligie.ning ilmiy va ishlab chiqarish vazifalari ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida oʻsimliklarni himoya qilishning yanada samarali usullarini topish, oʻsimlik zararkunandalarini yoʻq qilish, foydali hasharotlarni muhofaza qilish hamda ulardan samaraliroq foydalanish yoʻllarini ishlab chiqishdan iborat.
Zararkunanda turlarning madaniy oʻsimliklar va muhitning boshqa omillari bilan oʻzaro murakkab munosabati, ular miqdorining keskin oʻzgarib turishi hamda tabiatda moddalar aylanishidagi keng ishtirsji har tomonlama ekologik ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni taqozo etadi.
19-asr boshlarida zararkunandalarga qarshi faol kurash choralari hali qoʻllanmagan davrda ekinlar hosili 10—40% gacha kamaygan. Agroekologik, kimyoviy va boshqa qarshi kurash choralarining rivojlanishi tufayli baʼzi juda xavfli hasharotlar — chigirtka, tunlam va boshqa keltiradigan zarar keskin kamaydi. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon entomologiyasiga oid dastlabki ishlar 19-asrla paydo boʻlgan. Bir qancha mamlakatlar (Fransiya, Angliya, Rossiya)da ilmiy entomologik jamiyatlar tashkil qilingan. Zararkunanda hasharotlar (ayniqsa, chigirtka va boshqalar)ning qishloq xoʻjaligiga ksltirgan katta zarari ilmiy tadqiqot ishlarini markazlashtirish hamda zararkunandalarga qarshi kurash choralarini davlat miqyosida olib borish zarurligini taqozo etdi. Shunday qilib, koʻpgina mamlakatlarda oʻsimliklarni zararkunandalardap himoya qilish boʻyicha davlat entomologik xizmati vujudga keldi. Hasharotlarni ilmiy asosda oʻrganishni Oʻrta Osiyoda A.P.Fedchenko, V.F.Oshanin va boshqa boshlab bergan. Toshkentda birinchi entomologik st-ya 1911-yilda ochilgan (hozirgi Oʻzbekiston oʻsimliklarni himoya qilish instituti). Uning vazifasi qishloq xoʻjaligiga katta ziyon keltiradigan juda xavfli zararkunandalar (chigirtka, kemiruvchilar, tunlamlar, kanalar va boshqalar)ni, kasalliklarni (qorakuya, zang, vilt, gommoz va boshqalar) oʻrganishdan iborat edi.
Oʻrta Osiyoda entomologiya fani rivojiga hamda zararkunanlalarga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga N.Zaprometov, M.Karimov, M. Kosobutskiy, N.Mirpoʻlatova, K. Mirpoʻlatov, V.Nikolskiy, R. Olimjonov, M.Sonina, F.M.Uspenskiy, S.Xarin, V.V.Yaxontov va boshqa katta hissa qoʻshdi. Tashkiliyxoʻjalik, agrotexnik, kimyoviy va biologik qarshi kurash usullarini oʻzida mujassamlashtirgan oʻsimliklarni intefal himoya usuli sistemasi ishlab chiqildi. Oʻzbekistonda gʻalla, texnika va boshqa ekinlar zararkunandalari entomofaglarini koʻpaytiradigan 725 dan ortiq biolaboratoriyalar hamda biofabrika bor (2004). Qishloq xoʻjaligie. sohasidagi ishlar va entomolog kadrlar tayyorlash Toshkent agrar universiteti va boshqa bir qancha institutlarda olib boriladi.
Yana qarang
tahrirAdabiyot
tahrir- Yaxontov V.V., Ekologiya nasekommx. 2-izd., M., 1969; Olimjonov R.O., Entomologiya, T., 1977; Migulin A.A., Osmolovskiy G.Ye., Selsko-xozyaystvennaya entomologiya, M., 1976; Murodov S.A., Umumiy entomologiya kursi, T, 1986.
Sulton Alimuhamedov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |