Qizil daraxt
Qizil daraxt — tropik mamlakatlarda oʻsadigan, yogʻochi qizil va jigarrang tovlanadigan daraxtlar turi. Janubiy Amerika va Afrikada oʻsadigan maxagoniya. Osiyoning sharqijanubidagi gunafsha hidli sappon daraxti yogʻochi jahon bozorida qadrlanadi. Yogʻochi juda pishiq, ogʻir, yaxshi silliqlanadi. Qizil daraxt yogʻochi qadimdan yuqori sifatli qimmatbaho mebellar, musiqa asboblari tayyorlashda va xonalarning ichki devorlarini qoplashda qoʻllangan. Tiss, qandagʻoch, sekvoyaning yogʻochi qizilligidan, baʼzan ular ham Qizil daraxt deb ataladi. Lekin ularda chin qizil yogʻochlik xususiyati yoʻq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |