Qizilbosh shpanka
Qizilbosh shpanka — malhamchilar oilasiga mansub qoʻngʻiz. Tanasining uz. 10–20 mm. Ustqanoti kulrangqora boʻlib, chetlari va oʻrtasida, shuningdek, choki boʻylab oq yoʻl oʻtgan. Boshi sargʻimtirqizil. Oyoqlari ingichka, uzun. Dukkakli oʻsimliklar va boshqalar ekinlar zararkunandasi boʻlishi bilan birga entomofag hamdir. Paxta ekiladigan rayonlarda, koʻproq bedapoyalarda uchraydi. Koʻp miqdorda paydo boʻlganida beda hamda boshqa oʻsimliklar bargi bilan oziqlanib, jiddiy zarar yetkazadi. Qizilbosh shpanka lichinkasi esa chigirtkalar tuxumi bilan oziqlanadi va ular sonini 20% gacha kamaytirib, katta foyda keltiradi.
Kurash choralari: hasharotlarni terib yoʻq qilish; Qizilbosh shpanka juda koʻpaygan yerlarga dustlar bilan ishlov berish.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |