Qizilga siljish
Qizilga siljish (astronomiyada) — yorugʻlik manbai spektridagi chiziklar toʻlqin uzunliklarining etalon manba spektri chiziqlari toʻlqin uzunliklariga nisbatan uzayishi hodisasi. "Q s" deb atalishining sababi bu hodisa tufayli spektrning koʻrinma qismidagi chiziqlar spektrning qizil tomoniga siljigan holda koʻrinishidir. Q. s, birinchidan, Doppler effekti natijasida, yaʼni yorugʻlik manbai kuzatuvchiga nisbatan uzoqlashayotganda, ikkinchidan (gravitatsion Q s), kuzatuvchi yorugʻlik manbaiga nisbatan kichikroq gravitatsion potensialli joyda turganda paydo boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |