Qizilo‘ngach kuyishi.
Qiziloʻngach kuyishi – qiziloʻngach devorining mexanik shikastlanishi boʻlib, konsentrlangan (toʻyingan) kislota va ishqor qorishmalarini yutish natijasida hosil boʻladi[1]. Koʻpincha 1-3 yoshdagi bolalar aziyat chekishadi. Kattalardan farqli oʻlaroq, bolalar kuydiradigan moddalarni katta miqdorda kam hollarda yutishadi, bu nafaqat zaharlanish, balki qiziloʻngach va oshqozon kuyishiga olib keladi. Qiziloʻngachning chandiqli torayishi muammoga aylanadi. Qaynoq suv yoki kaliy permanganat kristallari bilan kuyishlar, koʻpincha ogʻiz-hiqildoq va qiziloʻngach yuqori boʻlimlari kuyishiga olib keladi, lekin bunda stenoz (torayish)lar kamdan kam rivojlanadi. Aksariyat ogʻir kuyishlar konsentrlangan (toʻyingan) kislota (uksus, sulfat, azot, tuz) va ishqor qorishmalarni (kaustik soda, akkumulyator suyuqligi) yutish tufayli boʻladi. Bunday kuyishlarni davolash katta qiyinchiliklar keltirib chiqaradi va hatto toʻgʻri oʻtkaziladigan terapiyalarda ham doimo qiziloʻngachning chandiqli torayishidan qochib boʻlmaydi.
Tasnifi
tahrirQiziloʻngach kuyishlarining klassifikatsiyasi:
- I daraja (yengil) – shish va giperemiya (qon quyilish) bilan namoyon boʻladigan shilliqning katar yalligʻlanishi bilan xarakterlanadi (3.5-rasm).
Epiteliyning sirtqi qatlamlari shikastlanadi. Shish va giperemiya (qon quyilish) 3-4 sutkaga kupirlanadi (toʻxtatiladi), kuygan sirtning epitalizatsiyasi olingan jarohatdan soʻng 1-hafta oxirida yakunlanadi.
- II daraja (oʻrta ogʻirlikda) – shilliqning ancha chuqur shikastlanishi, uning epitelial qoplamasi nekrozi va qoʻpol boʻlmagan, yengil yechiladigan fibroz
qoplamalari darajasi hosilalari bilan kuzatiladi. Koʻpincha jarohatlarning bu darajasi kislota va toʻyinmagan ishqorlar bilan kuyishda roʻy beradi. Kuygan sirtning tuzalishi va toʻliq epitelizatsiya kamdan kam holatlarda stenoz (torayish)ga olib keladigan kichkina chandiqlar hosil boʻlishi bilan 2-3 hafta davomida sodir boʻladi.
- III daraja (oʻgʻir) – ishqor va toʻyingan kislotalar bilan kuyishda rivojlanadi va shilliq, shilliq osti qatlam, koʻpincha qoʻpol, uzoq saqlanadigan (2-3 haftadan
koʻp) fibroz qoplama va qoʻtirlar hosil boʻlishi bilan qiziloʻngach mushak devorchasi nekrozi bilan namoyon boʻladi. Ular bitmaganida qiziloʻngach teshigini chandiqli torayishiga olib keluvchi granulyatsiyalar (etli oʻsimtalar) bilan toʻladigan yaralar paydo boʻladi[1].
== Klinikasi. Qiziloʻngach kuyishining birinchi simptomlari oʻtkir ogʻriq va yalligʻlanish jarayoni bilan xarakterlanadi. Bolalar oʻta notinch, tana harorati koʻtariladi, kuchli soʻlak oqishi va disfagiya (yutishning buzilishi) kuzatiladi. Uchuvchi moddalar yoki issiq suyuqliklar aspiratsiyalarda kuyishda hiqildoq shishishi sababli qoʻzgʻaluvchi nafasning oʻtkir yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Stridoroz (Pishillab) nafas olish va aralash turdagi nafas qisishi namoyon boʻladi. Oʻtkir davrning eng koʻp uchraydigan keskinlashuvi aspiratsion pnevmoniya, kamroq holatlarda aspiratsion bronxolit hisoblanadi. Qiziloʻngachning ogʻir kuyishi boʻlgan bolalarda birinchi hafta oxirida holat birmuncha yaxshilanadi. Disfagiya (yutishdagi ogʻriq) va soʻlak ajralishi kamayadi, bolalar isitmalamaydi, boʻtqa va suyuq ovqatni yuta oladilar. Agar qiziloʻngachning yengil va oʻrta kuyish darajalarida klinik yaxshilanishi qiziloʻngachning normal tuzilishi tiklanishi bilan kuzatilsa, qiziloʻngach jarohati ogʻir va notoʻgʻri davolanganda, bunday yaxshilanish „yolgʻondakam yaxshilanish davri“ deyilib, qisqa muddatli boʻladi. 5-6 haftadan soʻng bolada qiziloʻngachning chandiqli torayishi rivojlanishi tufayli kelib chiqadigan qiziloʻngachli qusish koʻrinishida, disfagiya (yutishdagi buzilish) alomatlari paydo boʻladi. Jarayon suyuq ovqat va soʻlakni yutish qiyinlashishigacha yomonlashadi, degidrotatsiya va darmonsizlik tez rivojlanadi. Toʻyingan oltingugurt va azot kislotalari bilan ogʻir kuyishlarda, odatda, „yolgʻondakam yaxshilanish davri“ boʻlmaydi, bu qiziloʻngach devorining barcha qatlamlari chuqur zararlanganligi, ularning ogʻir yalligʻlanishi va mediastenit bilan bogʻliq. Bolalar uzoq vaqt isitmalashadi, disfagiya saqlanadi. Faqatgina klinik tasvir va anamnezga qarab kuyish darajasini aniqlash mumkin emas. Hatto ogʻiz boʻshligʻi va hiqildoq kuyish alomatlari boʻlmaganida ham qiziloʻngach kuyishini inkor yetib boʻlmaydi.
Diagnostikasi
tahrirQiziloʻngach kuyish tashsixini aniqlashga faqatgina kuydiradigan moddalar qabul qilgani shubha qilinayotgan barcha bemorlarga koʻrsatilgan fibroezofagoskopiya (FEGDS) yordam berishi mumkin. Oʻtkir kuyishlarda FEGDS bajarish muddati masalasi bahsliligicha qolmoqda. Ayrim mualliflar FEGDSni kuyish ogʻirligiga qaramasdan, jarohatdan soʻng 5-7 kun keyin oʻtkazishni tavsiya etishadi, bu I, II va III kuyish darajalarini differensiya (farq)lash va ehtimoli boʻlgan jarohat xavfini qisqartirish imkonini beradi. Boshqalar klinik simptomlarga qarab ish koʻrish kerak, deb hisoblashadi. Shunday qilib, kuyishning yengil va oʻrta darajalarida FEGDS jarohatdan soʻng birinchi sutkalarda bajarilishi, ogʻir darajada esa – 5-6 kundan erta boʻlmagan vaqtda oʻtkazilishi mumdakin. Biroq, maʼlumki, kuyishdan soʻng birinchi hafta oxirida II va III darajalarni differensiya (farq)lash qiyin. Odatda, qoʻpol fibroz yara va kuyishning III darajasiga xos boʻlgan granulyatsiyalar (etli oʻsimtalar) boʻlishi bilan yarali sirtlarni koʻrish mumkin boʻlgan 3-hafta soʻngidagi takroriy FEGDSda qiziloʻngachning zararlanish ogʻirligini aniq farqlash mumkin. Bu tadqiqot qiziloʻngachning profilaktik erta bujlanishiga koʻrsatmalarni aniqlash, ogʻir va davomli strikturalarning (torayish)ga oldini olish imkonini beradi.
Davolash
tahrirQiziloʻngach kuyishlarini davolanishi bolaning boqilishi va qusishning chaqirilishi yoki oshqozonning nay orqali yuvilishi bilan boshlashadi. Bunda oshqozon yuvilishi qancha erta va toʻliqroq oʻtkazilgan boʻlsa, zaharlanish yoki qiziloʻngach ogʻir kuyishi rivojlanishining xavfi shuncha kam boʻladi. Kaliy permanganat kristallari askorbin kislota qorishmasida namlangan tampon bilan olib tashlanishi kerak. Ifodalangan disgafiya holatlari va ogʻriqlarda bolaga narkotik analgetik, antipiretiklargacha ogʻriqsizlantiruvchi belgilashadi. Zaharlanish alomatlari ifodalanganligiga qaramasdan, sorbentlardan foydalangan holda infusion, detoksikatsion terapiyani oʻtkazishadi. Hiqildoq shishishi va nafas yetishmovchiligi holatlarida burun ichida novokain blokadasini amalga oshirishadi, kislorod ingalyatsiyasini belgilashadi, vena ichiga gidrokortizon, kalsiy xloridi qorishmalarini kiritishadi, sedative (ogʻriq qoldiruvchi) terapiya oʻtkazishadi. Nafas yetishovchiligini ifodalovchi traxeostomiyadan saqlanish imkonini beradigan burun orqali traxeyaga intubatsiyasi (trubka kiritish) tavsiya etilishi mumkin. Bolaning gidrobalans va samarali ovqatlanishi saqlab turilish uchun oldindan zaytun yogʻi yoki oʻsimlik yogʻi, maxsus „dori qorishma“ boʻtqalarni yutgan holda, suyuq ovqatni qabul qilish, nayli ovqatlanish va talabga javob beradigan ingradiyentlarning parenterial (ogʻiz orqali) kiritilishi muhim hisoblanadi. Qiziloʻngach kuyishlarini davolashda qiziloʻngachning qoʻpol chandiqli qisilishi rivojlanishiga uchramaslik imkonini beradigan qiziloʻngachning erta profilaktik bujlanishi oʻta muhim hisoblanadi. maʼlumotlariga koʻra profilaktik bujlash oʻtkazilganida, bolalik davrida chandiqli torayish kamdan kam holatlarda shakllanadi. Bolalarda profilaktik bujlashni qiziloʻngachning II va III darajali kuyishlarida oʻtkazishadi va odatda, oʻtkir yalligʻlanish toʻxtashi bilanoq, jarohatdan soʻng 7-8 kun oʻtib boshlashadi. Bu maqsadda uchi toʻmtoq plastmassali termolabil (issiqlik taʼsiriga omonat) bujlardan foydalanishadi. Bunday buj issiq suvda qizdirilganida u oʻq boʻyicha kuchga qattiqligini saqlagan holda yumshoq va qayishuvchan boʻladi. Bujlarni yosh oʻlchamlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq, kichik oʻlchamdagi bujlar qiziloʻngachning chandiqli qisilishi rivojlanishining oldini olmaydi. Profilaktik bujlash uchun bujlarning yosh oʻlchamlari 1-jadvalda keltirilgan. Bujlash statsionar sharoitlarda (teshilish xavfi), bolani oldindan oʻsimlik yogʻi va 1-2%li lidokain qorishmasi bilan toʻydirgan holda oʻtkazishadi. Bujlash seanslari soni FEGDS yakunlari boʻyicha aniqlanadi, odatda, haftasiga 3 marta. Toʻliq epitelizatsiya haqida guvohlik qiladigan kuyishning II darajasi boʻlgan bolalarda 3-4 haftadan keyingi nazorat FEGDS (hammasi boʻlib 5-6 seans) 2-3 oydan soʻng endoskopik nazorat bilan bujlashni toʻxtatish uchun asos beradi. Kuyishning oʻgʻir darajasida 3 martali bujlashni (haftasiga) 3-4 haftagacha va keyinchalik endoskopik nazorat ostida 2-3 oy mobaynida haftasiga 1 marta, keyin 2-3 oy davomida oyiga 2 marta va 6 oy davomida oyiga 1 marta oʻtkazish maqsadga muvofiq[1]. Oshqozonga endoskop oʻtkazish imkonini bermaydigan shilliqda ommaviy (oʻtkir) yalligʻlanish jarayoni va mediastenit alomatlari qiziloʻngach devorining regidligi (oʻtkazuvchanligi) tufayli aks etgan disfagiya bilan kuzatiladigan qiziloʻngachning ogʻir kuyishlarida toʻgʻri bujlashni oʻtkazish mumkin emas. Shuningdek, davolanmagan bolalarda va kuyishdan soʻng, 4-5 va undan koʻp haftadan keyin qiziloʻngach oʻtkazisining buzilishi shikoyatlari bilan kelganlarida, toʻgʻri bujlashni oʻtkaish notoʻgʻri va xavfli hisoblanadi. Bunday holatlarda simoʻtkazgichda bujlash yoki gastrostomaning shakllanishi va ip bilan bujlash maqsadga muvofiq hisoblanadi[1].
Adabiyotlar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Aliyev, M. M. „II“, . Qizilo‘ngach yot jismlari va kuyishi, 2018 (O'zbekcha), Toshkent: "Yangi nashr" — 42-bet. ISBN 978-9943-22-157-4.