Qizketgan
Qizketgan — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shaharcha (1958-yildan). Nukus shahar Kengashiga qarashli. Amudaryo sohilida, Nukus — Taxiatosh avtomobil yoʻli ustida, Nukusdan 10 km narida. Aholisi 23,9 ming kishi (2003). Gʻisht, marmar, asfalt-beton zavodlari, 3 qurilish tashkiloti, qurilish kombinati, avtokorxonalar bor. Umumiy taʼlim maktablari, madaniyat uyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |