Qizlar ovozi
"Qizlar ovozi" maktabi (shuningdek ruscha: Школа «Голос девушек») – Oʻzbekistonda yosh xotin--qizlar uchun 2020-yilda tashkil etilgan Yoshlar ishlari agentligi qoshida tashkil etilgan loyiha[1]. Loyiha asoschisi va ilk koordinatori Nilufar Kiyamova hisoblanadi[2][3].
Maqomi | Davom etmoqda |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 1-iyun, 2020-yil |
Joylashuvi | Virtual |
Asoschi(lar)i | Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (Nilufar Kiyamova) |
Vebsayti | [1] |
Til(lar)i | oʻzbek, rus, ingliz |
Loyihaning ilk tarixi
tahrir„Qizlar ovozi“ loyihasi, 2020-yilda ishga tushurilgan. Loyihaning dastlabdi bosqichida, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha har bir viloyat va Toshkent shahar miqyosida muayyan yutuqqa erishgan, jamoat ishlarida faol boʻlgan yosh xotin-qizlar orasidan koordinatorlar saylab olingan. Faoliyati doirasida, koordinatorlar turli yoʻnalishlar boʻyicha loyiha ishtirokchilarini yoʻnaltirganlar.
"Qizlar ovozi" maktabi
tahrir„Qizlar ovozi“ maktabi, asosiy loyiha vaqtinchalik toʻxtatilgan davrda tashkil qilingan boʻlib bir necha mavsumlarga taqsimlangan. Birinchi mavsumga qabul jarayoni 2020-yilning may oyida boshlangan. Birinchi mavsum doirasida loyihalashtirish, salomatlik, ijtimoiy loyihalar, madaniyat va sanʼat hamda IT yoʻnalishlarida taʼlim berilgan. Birinchi mavsum doirasida Angliya, Fransiya, Germaniya, AQSH va boshqa davlatlarda faoliyat olib borayotgan muvafaqqiyatli yurtdoshlar maʼruza qilgan[4].
Ikkinchi mavsum, doirasida „Qizlar ovozi“ maktabi Oʻrta Osiya miqyosida oʻquvchilarni yigʻa boshladi. Asosan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston davlatlaridan oʻquvchilar yigʻilgan. Umumiy 950 ga yaqin anketalar qabul qilingan va ular orasida 85 nafar qiz tanlab olingan. Nazariy qismda jami 28 nafar va amaliy qism boʻyicha 12 nafar maʼruzachi qatnashgan. Ular orasida Yoshlar ishlari agentligi direktori, Yevropa-Oʻzbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi bosh kotibi, Sharq-Gʻarb guruhi direktorlar kengashi raisi va boshqalar boʻlgan. Maktabda Qozogʻistondan uchta maʼruzachi ishtirok etgan[5][6].
„Qizlar ovozi“ maktabi loyihasi 2021-yili Armanistonning Kapan shahrida boʻlib oʻtgan „Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi uchun 100 gʻoya“ tanlovining taʼlim yoʻnalishida gʻolib deb topildi. Tanlovga loyihani Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan, loyiha aoschisi Nilufar Kiyamova taqdim etib, himoya qilgan. „Qizlar ovozi“ maktabi loyihasi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining oltin fondidan joy oldi. Keyingi bosqichlarda esa mazkur loyiha butun MDH davlatlarida amalga oshirilishi kutilmoqda[7].
Loyiha vazifasi 14—30 yoshda boʻlgan, ijtimoiy kelib chiqishi, oʻqish va ish joyidan qatʼiy nazar Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi qizlarni ragʻbatlantirish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, yangi kasblar bilan tanishtirish va tanlagan yoʻnalishi boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalar berish, shuningdek, ularning jamiyat hayotidagi rolini oshirish va mustahkamlashdir[1][8][9].
Loyihadan maqsad oʻz sohasi mutaxassislarining darslari orqali qizlarni ragʻbatlantirish, ularga zamonaviy kasblarni oʻrgatish, shaxsiy loyihalarini boshlashga yordam berish, tanlangan sohalarda qizlarning amaliyot oʻtashlariga koʻmaklashish, loyihalarini amalga oshirishga hissa qoʻshishdir[8].
Maktabdagi nazariy taʼlim jarayoni Zoom dasturi orqali amalga oshirilib, oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Har bir darsning davomiyligi 45 dan 90 daqiqagacha. Shundan 10—15 daqiqa maʼruzachi bilan tanishishga, 30—60 daqiqa tanlagan mavzuni yoritishga, 5—15 daqiqa oʻquvchilar savollariga javob berish uchun ajratilgan. Loyiha qoidalariga asosan, oʻquvchilar dars boshlanishidan 15 daqiqa oldin Zomm dasturigaga kirishlari shart. Oʻquvchilarga uzrli sabablarsiz onlayn taʼlimni tark etishga ruxsat berilmaydi. Oʻquvchilar biron sababga koʻra darsda ishtirok eta olmasalar, ularga jarayonning videoyozuvi taqdim etiladi. Shuningdek Zomm dasturiga havolalarni tarqatish qatʼiyan man etilgan. Havolani tarqatgan talaba maktabdan chetlashtiriladi. Maktabga oʻquvchi sifatida qabul qilinmagan qizlar maktab jarayonida erkin tinglovchi sifatida qatnashishlari mumkin[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan „Qizlar ovozi“ maktabining 3-mavsumida ishtirok etish imkoniyati“. Grantgo.uz (23-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
- ↑ „Oramizdagilar. Kiyamova Nilufar“. Yoshlarportali.uz. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
- ↑ „Нилуфар Киямова“. Qizlarovozi.uz. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
- ↑ „В Узбекистане запустили онлайн-школу для девочек. Рассказываем, почему об этом нужно знать“ (16 ноября, 2020). 2024-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyul.
- ↑ „Вдохновляйся, учись, создавай: итоги второго сезона проекта «Школа девушек»“ (13 апреля, 2021). 13 апреля, 2021da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Продолжается регистрация на онлайн-школу «Голос девушек»“ (26 января, 2021). 26 января, 2021da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „MDH davlatlari ichida oʻzbekistonlik Nilufar Kiyamovaning loyihasi gʻolib boʻldi“. Aniq.uz (20-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 „Biz haqimizda“. Qizlarovozi.uz. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „О нас“. Qizlarovozi.uz. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2022-yil.