Qoʻgʻirchoqlar oroli
Qo'g'irchoqlar oroli (ispancha Isla de las Muñecas) -Meksika poytaxtida Mexiko shahrining Xochimilko tumanidagi kanallardan birida joylashgan orol hisoblanadi. Mahalliy suvlarda cho'kib ketgan qizning ruhini tinchlantirish uchun butun orol bo'ylab daraxtlarga osilgan yuzlab singan va buzilgan chaqaloq qo'g'irchoqlar mavjud. Shahar markazidan taxminan 23 km uzoqlikda, botqoqli hududda joylashgan, u taniqli sayyohlik maskani bo'lib, qo'rqinchli joy[1] sifatida mashhur.
Afsona
tahrir1950-yillarning boshlarida orolning yagona aholisi Julian Santana Barrero boʻlib, u sabzavot va gullar yetishtirib, baliq ovlagan. Afsonaga ko'ra, 1950-1951-yillarda bir qiz ko'l yaqinidagi kanal suvida cho'kib ketgan. Santana go'yo uning yig'isini eshitgan va yordam berishga shoshilgan, lekin qutqarishga ulgurmagan va suvda faqat unga tegishli bo'lgan qo'g'irchoqni topgan. U cho'kib ketgan qizga hurmat sifatida daraxt shoxlariga qo'g'irchoqni osib qo'ygan. Keyinchalik, u o'z hikoyalariga ko'ra, tunda doimo qichqiriqlar, nolalar va qadamlarni eshita boshladi[2]: go'yoki cho'kib ketgan qizning sharpasi yig'lab, unga yangi qo'g'irchoqlarni berishini so'ragan. Keyingi 50 yil ichida Santana qo'g'irchoqlarni turli yo'llar bilan (o'z so'zlari bilan aytganda, asosan kanal suvlaridan) oldi va arvohni "xotirjam qilish" uchun ularni orolning daraxtlariga osib qo'ydi[3]. Shunday qilib, jami, deyarli 1000 ta qo'g'irchoq to'pladi.
Santana 2001-yilda afsonaga ko'ra, bir vaqtlar cho'kib ketayotgan qizni qutqara olmagan joyda vafot etgan. Uning o'limi sabablari aniq emas, ba'zi manbalarga ko'ra, u mast holda cho'kib ketgan yoki yurak xuruji uning o'limiga sabab bo'lgan[2].
Hozirgi holat
tahrirSantananing vafotidan so'ng, Qo'g'irchoqlar oroli dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari[4][5][6] tomonidan keng e'tiborga sazovor bo'ldi va tez orada mashhur sayyohlik maskaniga aylandi. Birinchi sayyohlar unga 1990-yillarning o'rtalarida tashrif buyurishni boshladilar. Orolga faqat qayiq bilan yetib borish mumkin[7]. Har kuni oʻrtacha hisobda bir nechta pullik sayohatlar boʻladi[8], biroq baʼzi mahalliy qayiqchilar qoʻrquvi tufayli u yerga sayyohlarni tashishdan bosh tortadilar[2]. Ayni paytda orolning yagona aholisi marhum Julian Santananing jiyani Anastasio Santanadir[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „La "Isla de las Muñecas" causa terror en Xochimilco México“ (2011-yil 15-noyabr). 2019-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Isla de las Muñecas (Island of the Dolls) in Mexico - Island of the Dolls“. www.isladelasmunecas.com. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Island of the Dolls: Creepy shrine to girl now a grim tourist trap“ (2014-yil 28-iyun). 2018-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
- ↑ Strutner, Suzy „Isla De Las Munecas Is The Island Of Decapitated Dolls From Your Nightmares“ (2014-yil 14-avgust). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Island of the Dolls“. Travel Channel. 2018-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
- ↑ News, ABC „Doll Island Is Both Haunting and Charming“. ABC News. 2018-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
- ↑ red. „Meksyk – przerażająca Wyspa Lalek (Isla de las Muñecas)“ (pl). podroze.onet.pl (2014-yil 10-sentyabr). 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Creepy Dolls“. 2012-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
- ↑ Sonja Peteranderl. „Insel der Zombie-Puppen“ (de). spiegel.de (2013-yil 12-fevral). 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 31-oktyabr.