Qoʻngʻirot soda zavodi
Qoʻngʻirot soda zavodi - kimyo sanoatining yirik korxonasi. Qora-qalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot shahri yaqinida joylashgan.
"Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Ustyurtdan qazib olinadigan xom ashyo konlari negizida natriy karbonat (Ma,SO.) - soda ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2 martdagi qaroriga muvofiq boshlangan. 2001-yildan "Oʻzkimyosanoat" kompaniyasinint shoʻʼba korxonasi. 3-dni loyihalash va texnologik qismining qurilishi boʻyicha asosiy sherik Xitoyning "S1T1S" kompaniyasi hisoblanadi. Loyiha boʻyicha yillik quvvati 100 ming tonna (yen-gil va ogʻir turlaridan 50%dan) soda ishlab chiqarishga moʻljallangan. Korxona 2005-yilning noyabr oyida ishga tushirildi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |