Qoʻngʻirot (qishloq)
Qoʻngʻirot — Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida joylashgan qishloq. Qishloqda oʻzbeklarning Qoʻngʻirot qabilasi yashagan. Qishloq tarixi taxminiy 1398-yillarga borib taqaladi. Aytilishicha, oʻsha davrda 300 kishiga yaqin Qoʻngʻirot qabilalaridan biri qishloqqa koʻchib kelgan va ular bu joyni Qoʻngʻirot deya nomlashgan. Ushbu nom oʻsha vaqtdan beri saqlanib kelmoqda.
16-asrning oʻrtalarida qishloqda 2000 tadan ortiqroq odam yashagan. Ular boshqa qabilalardan kelin yoki kuyov qabul qilishmagan. Bu odat yaqin-yaqingacha saqlanib kelgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng aholi qaytadan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shundan soʻnggina bu odat yoʻqolib ketdi.
Qabila Buxoro xonligi tugatilgunicha zardushtiylik diniga eʼtiqod qilgan.[manba kerak] Shundan soʻng qabila islom dinini qabul qilgan.