Qoʻqon superfosfat zavodi aksiyadorlik jamiyati

„Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals“ (2019-yilgacha "Qoʻqon superfosfat zavodi") AKSIYADORLIK JAMIYATI - kimyo sanoati korxonasi, oddiy, ammoniylashgan superfosfat oʻgʻitlari, kaltsiy karbid, payvandlash elektrodlari ishlab chiqaradi. „Toshkent“ RFBda listingga qoʻyilgan. Birja tikeri nomi - KUSZ.

Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals
Turi AJ
Sanoat kimyo sanoati
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 1946-yil aprel
Joylashuvi Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Davronbek ko‘chasi, 87-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Xoʻjayinlar Indorama Corporation
(Singapur)
Bosh direktor Raul Singh[1]
Vebsayti indoramakokandfertilizer.com/uzbeks
Til(lar)i oʻzbek

Tarixi

tahrir

1935-yil iyul oyida aralash oʻgʻitlar fabrikasi negizida tashkil etilgan. Urush yillarida mudofaa ahamiya-tiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqargan.

1941-yilda evakuatsiya qilingan Neva va Voskresensk kimyo zavodlari uskunalari asosida superfosfat sexi qurilishi boshlanib, uning birin navbati 1946-yil aprelda ishga tushirildi. Shu yildan "Qoʻqon superfosat zavodi" nomini oldi.

1947-yilda sulfat kislota ishlab chiqarish sexi qurilib ishga tushirildi, superfosfat tanarxini kamaytirish maqsadida zavod Choratov (Qozogʻiston) fosforitidan superfosfat olishni oʻzlashtirdi.

1953-yildan ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarila boshlandi. 1956-yilda sulfat kislota ishlab chiqaruvchi sex eyekonstruksiya qilindi. 1958-yilda 100% li R205 boʻyicha yillik quvvati 42 ming t boʻlgan, ilgʻor texnika bilan jihozlangan ikkinchi superfosfat sexi, 1962-yilda yillik loyiha quvvati 45,5 ming t ammoniylashgan superfosfat sexi foydalanishga topshirildi. 1964-yilda ammoniylashgan superfosfat olishning yangi texnologiyasi (ammonizatsiyalash — quritish — yoyish — maydalash) joriy qilindi. 1974-yildan donador ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarish oʻzlashtirildi (ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarning 40%).

1998-yil aprel oyida Qizilqum fosforit majmuasida ishlab chiqarilgan fosforit xom ashyosidan foydalanishga oʻtdi va uning yillik ishlab chiqarish quvvati 178,0 ming t superfosfatga yetkazildi.

2003—2004-yillarda ammoniylash sex qayta jihozlandi, oʻgʻitni qadoqlash avtomatlari oʻrnatildi. 1997-yildan aksiyadorlik jamiyati. 2002-yil fevralda korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston—Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi "Qoʻqon superfosfat zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi (2004-yilda 600 t superfosfat). 2004-yilda korxonada 164,1 ming t ammoniylashgan superfosfat, 101,9 mln. soʻmlik xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarildi.

Qoʻqon superfosfat zavodi davlat korxonasi sifatida faoliyat boshlagan. Mustaqillikdan keyin ham davlat nazorati saqlanib qoldi. 1997-yilda zavod aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilib, "Qoʻqon superfosfat zavodi" OAJ deb nomlandi. "Oʻzkimyosanoat" AJ zavodni Oʻzbekiston davlati nomidan tasarruf qiladi.

2002-yil fevralda korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston—Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi "Qoʻqon superfosfat zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

2020-yil 3-aprelida imzolangan PQ-4265 sonli Prezident qarorida „Qoʻqon superfosfat zavodi“ AJ ustav kapitalining 95,54 foiz aksiyalari Singapurning Indorama korporatsiyasiga 4,3 million dollarga sotildi[2]. Sotilgan ulushda 70,54 foiz davlat aksiyalari, 25 foiz "Oʻzkimyosanoat" AJga tegishli edi. Ushbu aksiyalar Indorama korporatsiyasining Niderlandiyadan oʻtgan shoʻba korxonasi “Indorama Holdings BV” tasarrufiga oʻtkazilgan[3] [4].

2019-yil 24-may kuni imzolangan shartnomada investorga bir qator majburiyatlar yuklanadi. Xususan,

  • Indorama loyihaning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun kamida $30 mln jalb qiladi. Bunda oʻz kafolati ostida olinadigan kreditlar va toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi;
  • mavjud ish o‘rinlari va “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJning faoliyat turini saqlab qolinadi;
  • birinchi navbatda, respublika qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning fosforli oʻgʻitlarga, shuningdek, yangi kimyoviy mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondiriladi;
  • birinchi bosqichni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijalariga koʻra ikkinchi bosqich doirasida kamida 40 million AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri investsiyalarni jalb etiladi;
  • superfosfat ishlab chiqarish quvvatini 63 ming tonna 100 foiz foydali modda hisobida oshirish (I-bosqich) va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish (II-bosqich) amalga oshiriladi.

Shartnoma imzolangach yangi xoʻjayin kompaniya nomini "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJga oʻzgartirdi.

2020-yilning iyul oyida "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" XMK va YTTBdan zavodni modernizatsiya qilish uchun $12,5 mln kredit jalb qildi[5].

2020-yilning yanvar oyida zavodda qiymati $500 ming boʻlgan, suvda tez eruvchan azot-fosfor-kaliyli (NPK) mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi liniyani foydalanishga topshirdi[6].

Manbalar

tahrir