Galenit
Galenit (lotincha: Galena – qoʻrgʻoshin rudasi), qoʻrgʻoshin yaltirogʻi – sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi PbS. Galenit 86,6% qoʻrgʻoshin va 13,4% oltingugurtdan iborat. Tarkibida koʻpincha Se, Ag, Bi, Sb, Sn, Zn, Fe, Cd va boshqa qoʻshimchalari boʻladi. Kub singoniyali. Kristallari murakkab kub shaklida. Druza va skelet, oqma kollomorf massa, kamroq kub va oktaedr kristallari koʻrinishida uchraydi. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi 2-3. Sof ogʻirligi 7,4-7,6. Galenit oʻrta va past temperaturali gidrotermal konlarda sfalerit, xalkopirit, arsenopirit, pirit, pirrotin va boshqa bilan birga uchraydi. Nuraganda galenitning yuzasi oksidlanib serussit yoki anglezit mineraliga aylanadi. RFda (Oltoy, Shimoliy Kavkaz, Sharqiy Sibir, Primorye), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Avstraliyada hamda, Afrika qitʼasida yirik konlari bor. Oʻzbekistonda Nurota, ChatqolQurama togʻlari va boshqa joylarda konlari maʼlum. Asosan qoʻrgʻoshindan olinadigan ruda. Tibbiyotda va boʻyoq tayyorlashda ishlatiladi.
Galenit | |
---|---|
Asosiy | |
Formulasi | PbS |
Aralashma modda | Ag, Cd, Se |
Fizik xususiyatlari | |
Rangi | kulrang-qoʻrgʻoshin |
Qirra rangi | kulrang-qora |
Yaltiroqlik | metalsifat |
Shaffoflik | shaffofmas |
Qattiqlik | 2,5-3 |
Yopishqoqlik | mukammal {111} |
Sinishi | pogʻonali |
Zichligi | 7,4-7,6 g/sm³ |
singoniyasi | Kubsimon |
Galenit |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |