Qoʻngʻir (qush)
Qoʻngʻir - qoʻngʻirsimonlar oilasiga mansub qush. Sharqiy yarim sharda keng tarqalgan. Tropik hududlarda oʻtroq yashaydi. Yevropa va Osiyoning janubida qishlaydi. Tanasining uz. 60—65 sm, ogʻirligi 800—1000 g. Gavdasi duksimon, tumshugʻi toʻgʻri, oʻtkir. Oyoklari juda kalta. Urchish davrida narining bosh qismi chiroyli patlar bilan qoplanib, 2 ta kokil oʻsib chiqadi. Uyasini suv ustiga, qamishlarga ilashtirib yasaydi. 3—5 ta tuxum bosadi. Asosan, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, hasharotlar, mollyuska va boshqa bilan oziqlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |