Qoʻr
Qoʻr — 1) mayda choʻgʻ aralash issiq kul; mayda choʻgʻ. Buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy asarlarida Q. soʻzi issiq kul va miltiq dori (porox) maʼnolarida ishlatilgan; 2) toʻplab va gʻamlab qoʻyilgan kerakli narsa; zaxira boylik. Bu soʻz qut-baraka maʼnosida ham ishlatilgan. Qoʻshin toʻplab, bir joyga lashkar tashlamoqni qoʻr toʻkmoq deyiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |