Qoʻrgʻaljin tumani — Akmola viloyatining janubiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 9,3 ming km². Aholisi 9,476 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Qoʻrgʻaljin qishlogʻi.

Qoʻrgʻaljin tumani
Қорғалжын ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Qoʻrgʻaljin
Asos solingan sanasi 1932-yil
Akim Riskeldinov Qair Oʻmirsadiqovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 9,476[1]
Zichligi 1 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 87,26%
Ruslar - 5,20%
Ukrainlar - 2,54%
Beloruslar - 1,79%
Olmonlar - 1,41%
boshqalar - 1,80%[2][3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 9 300 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 021300-021309[4]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Qoʻrgʻaljin tumani xaritada
50°28′48″N 70°13′12″E / 50.48000°N 70.22000°E / 50.48000; 70.22000

Aholisi

tahrir

Aholisi 9,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]

  • qozoqlar — 8 610 kishi (87,26 %)
  • ruslar — 513 kishi (5,20 %)
  • ukrainlar — 251 kishi (2,54 %)
  • beloruslar — 177 kishi (1,79 %)
  • olmonlar — 139 kishi (1,41 %)
  • tatarlar — 72 kishi (0,73 %)
  • boshqalari — 105 kishi (1,06 %)
  • Umumiy — 9 867 kishi (100,00 %)

Iqlimi

tahrir

Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi (180 kungacha qor erimaydi, qalinligi 20 sm-day), yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mm[5].

Ijtimoiy soha

tahrir

Tumanda taʼlim va madaniyat sohalarida maktabgacha boʻlgan 8 ta bolalar mahkamasi, 5 ta boshlangʻich, 8 ta toʻliqsiz, 11 ta oʻrta maktab, 33 ta kutubxona, xalq teatri, muzey, 22 ta klub, 3 ta madaniyat uyi bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, 5 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 13 ta feldsher-akusherlik punkt bor. Tuman „Shamshiraq nuri“ (1934-yildan buyon), „Svet mayaka“ (1957-yildan buyon) roʻznomalari chiqariladi.

Katta qishloqlari

tahrir
  • Qoʻrgʻaljin
  • Ariqti
  • Kenbidayiq
  • Janteke
  • Sabindi

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir