Qoʻrqma (film)
Qoʻrqma – 2024-yilda Javlon Jovliyevning xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan badiiy-hujjatli film[1][2].
Qoʻrqma | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Erkin Bozorov |
Qaysi asarga asoslangan |
Qoʻrqma – Javlon Jovliyev |
Rollarda |
Erkin Bozorov Yusuf Fayziyev Abbos Yo‘ldoshov Dilshoda Jo‘rayeva |
Operator(lar) | Samijon Sunnatullayev |
Chiqarilgan sanasi | 2024-yil 27-aprel |
Davomiyligi | 31 daqiqa |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Til | oʻzbekcha |
Suratga olinishi
tahrirFilm Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Yoshlar uchun ming kitob“ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-380-son qarori hamda „Oʻzbekiston-2030“ strategiyasini „Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili“da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmoni asosida tashkil etilgan „Mutolaa“ loyihasining kino-kitob yoʻnalishi doirasida suratga olingan[3]. Erkin Bozorov ushbu filmga rejissyorlik qilgan, Samijon Sunnatullayev esa bosh operator boʻlgan. Bosh rollarni esa Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yoʻldoshov va Dilshoda Joʻrayeva kabi aktyor va aktrisalar ijro etishgan.
Namoyish etilishi
tahrir„Qoʻrqma“ filmining premyerasi 2024-yilning 27-aprel sanasida YouTube platformasidagi Mutolaa Films kanalida boʻlib oʻtgan. 2024-yil oktyabr oyi holatiga koʻra ushbu video film 275,000 martadan koʻproq tomosha qilingan[4]. Filmni ommalashtirish va yoshlar oʻrtasida targʻib qilish, unda koʻtarilgan asosiy gʻoyalarni singdirish maqsadida turli xil oliy taʼlim muassasalarida hamda boshqa tadbirlar doirasida ham ushbu film namoyish etilgan[5][6].
Syujeti
tahrirUshbu badiiy-hujjatli filmda Erkin Bozorov 70 nafar oʻzbek talabalarining ayanchli tarixi haqida yozilgan Javlon Jovliyevning „Qoʻrqma“ asari voqealari hamda uning bugungi kundagi ahamiyati haqida hikoya qiladi. Voqealar haqida soʻzlanar ekan, ularni yaxshiroq yetkazib berish va tomoshabinlarga koʻz oldida gavdalantirish maqsadida Yusuf Fayziyev, Abbos Yoʻldoshov va Dilshoda Joʻrayevalar oʻqish uchun Germaniyaga yuborilgan talabalar, talaba qiz Lolaning otasi hamda chet elda taʼlim olayotgan bolalarning yashashi va ilm olishi uchun bozorda tilamchilik qilayotgan shaxs obrazlarida monologlar ijro etishadi.
Rollarda
tahrir- Erkin Bozorov – voqelikni soʻzlab beruvchi
- Yusuf Fayziyev – Abduvahob Murodiy rolida
- Dilshoda Joʻrayeva – Lola rolida
- Abbos Yoʻldoshov – Lolaning otasi
Manbalar
tahrir- ↑ „“Qoʻrqma” asari asosida ishlangan badiiy-hujjatli film eʻlon qilindi“. www.afisha.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „«Қўрқма» кимларни қўрқитди? Роман атрофидаги шов-шувли воқеалар ҳақида“. Bugun.uz. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 6 август. (Wayback Machine saytida 2021-08-06 sanasida arxivlangan)
- ↑ „“Мутолаа” лойиҳаси“. www.gov.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „"Qo‘rqma" / Film“. www.youtube.com. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O‘qima uqi, eshitma tingla!“. www.tma.uz. Qaraldi: 7-noyabr 2024-yil.
- ↑ „"Yosh chegarachilar" harbiy-vatanparvarlik musobaqasi kundaligi“. www.uza.uz. Qaraldi: 7-noyabr 2024-yil.