Qoʻshnay
Qoʻshnay — oʻzbek, tojik va boshqa sharq xalqlarida tarqalgan, biriktirilgan ikki nayli, puflama tilchali cholgʻu asbobi[1].
Turi |
Puflama musiqa cholgʻulari |
---|---|
Registri | |
Birinchi oktava „re“ notasidan ikkinchi oktava „si“ notasigacha | |
Oʻxshash asboblar | |
Nay, surnay, fleyta | |
Musiqachilar | |
Ahmadjon Umurzoqov, Quronboy Boboxonov, Ziyomiddin Shokirov, Matrasul Matyoqubov, Yoʻldosh Tojiyev, Saddin Saddinov, Mirsharif Mirbaratov, Olim Xudoyberganov, Ikrom Matanov |
Tuzulishi
tahrirQoʻshnay puflama musiqa cholgʻulari guruhida kiradi. U Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysi va Xorazm vohasida keng ommalashgan[2][3].
Qoʻshnay silindr shaklidagi naylarda iborat boʻlib, bir-biriga oʻzaro bogʻlangan ikkita bir xil gʻarov qamishdan ishlanadi va ular bir-biriga shoyi iplar bilan birlashtiriladi. Naychalarning uzunligi 250-300 mm, diametri 14-16 mm atrofida boʻladi. Puflash uchun uchining toʻsiq qismida tilcha ochiladi. Tilchalarning tebranayotgan qismlarini qisqartirish va uzaytirish uchun ipdan halqasi hamda uning pastida 7 ta baʼzan 8 ta barmoq teshikchasi mavjud. Tilchalar ip bilan xomut qilib yuqori va pastga sozlash uchun suriladigan qilib bogʻlangan boʻladi. Teshikchalarning uzunligi 6 mm, eni esa 3 mm boʻladi[2].
Diapazoni 1,5-2 oktavaga yaqin, birinchi oktava „re“ notasidan ikkinchi oktava „si“ notasigacha (baʼzan uchinchi oktava „do“ notasigacha) diatonik tovushqatorga ega[3].
Ijro etilishi
tahrirQoʻshnayni ijro etish uchun chap qoʻlning 3 ta va oʻng qoʻlning 4 ta barmogʻi ishlatilib, unda boshqa damli cholgʻular kabi barmoqlarning uchi emas, balki ikkala naychalardagi parallel teshiklarni berkitish uchun barmoqlar tekis choʻzilgan holatda ijro etiladi[2]. Ikkinchi oktava tovushlari asosan nafas bosimi natijasida hosil qilinadi. Lab boshqaruvi yordamida xromatik tovushqatorni ijro qilish mumkin[3].
Qoʻshnay cholgʻusida maqom cholgʻu kuylarini ham yakka holda ijro etish mumkin[4]. Hozirda anʼanaviy cholgʻu ijrochiligida asosan Fargʻona-Toshkent va Xorazm vohalarida, shuningdek, xalq cholgʻulari orkestri tarkibida qoʻllanadi.
Ijrochilari
tahrirOʻzbek ijrochilik amaliyotida qoʻshnay ijrochilari koʻp boʻlmagan. Lekin Fargʻonalik Ahmadjon Umurzoqov va uning shogirdi Xorazmlik Quronboy Boboxonov[5] hamda Ziyomiddin Shokirov kabi ijrochilar oʻtgan. Hozirda Matrasul Matyoqubov, Yoʻldosh Tojiyev, Saddin Saddinov, Mirsharif Mirbaratov, Olim Xudoyberganov, Ikrom Matanov va N.Roʻziyev kabi qoʻshnaychi sozandalar faoliyat koʻrsatadi[3].
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964-bet. ISBN 978-9943-8834-4-4.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Azatgul Tashmatova. Musiqiy cholgʻular muzeyi katalogi, Maʼmura Sodiqova, Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti — 88-bet.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Saibjon Begmatov; Matrasul Matyoqubov. Oʻzbek anʼanaviy cholgʻulari, (Madaniyat, sanʼat akademik litsey va kollejlari uchun oʻquv qoʻllanma), Toshkent: "Yangi nashr" nashriyoti, 2008 — 72-bet. ISBN 978-9943-330-13-9.
- ↑ Ibrohimov Oqilxon Akbarovich. Maqom asoslari, (Oʻquv qoʻllanma), Toshkent, 2018 — 159-bet.
- ↑ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. „Oʻlmas navolar kuychisi“ (20-iyul 2020-yil). Qaraldi: 4-iyun 2024-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |