Qoldiq togʻ
Qoldiq togʻ — baland togʻli oʻlkaning uzoq vaqt davom etgan yemirilishidan qolgan va, asosan, qattiq togʻ jinslaridan tuzilgan yakka-yakka togʻ, qir va tepalar. Iqlim, joy relyefi, togʻ jinslariga bogʻliq ravishda nurash Qoldiq togʻ, yuvilma Qoldiq togʻ farqlanadi. Oʻzbekistonda Qizilqumdagi. Tomditov, Boʻkantov, Ovminzatov shunday Qoldiq togʻlardir (yana qarang Yetimtogʻ).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |