Qon toʻxtatuvchi dorilar, gemostatik vositalar — qon oqishini toʻxtatuvchi moddalar. Mahalliy taʼsir etuvchi va organizmga dori soʻrilgandan soʻng umumiy taʼsir koʻrsatuvchi Qon toʻxtatuvchi dorilard. farq qilinadi; ular oʻz navbatida spetsifik (fibrinogen, protrombin kompleksi — II, VII, IX va X faktorlari, antigemofiya glo-bulin — VIII faktori, XIII faktor konsentrati va boshqalar) va nospetsifik (ad-rokson, rutin va boshqalar) vositalarga boʻlinadi. Mahalliy taʼsir etuvchi Qon toʻxtatuvchi dorilard. sifatida odam va hayvonlar qonidan tayyorlangan bir qancha moddalar, jumladan, trombin (kapillyarlardan qon oqqanda), gemostatik bulutcha (tarkibida trombin, trombokinaza va baʼzi tuzlar boʻlgan quruq gʻovak massa), mayda jarohatlarda achchiqtoshdan tayyorlangan "qon toʻxtatuvchi qalamlar" qoʻllanadi. Organizmga soʻrilgandan soʻng qon toʻxtatuvchi moddalarga vikasol, kaltsiy xlorid, fibrinogen va boshqa kiradi. Baʼzi oʻsimliklar (lagoxilus, qichitqi oʻt, boʻyimodaron)dan tayyorlangan damlamalar ham Qon toʻxtatuvchi dorilard. sifatida ishlatiladi.