Qon tuflash
Qon tuflash — yoʻtalganda nafas yoʻllaridan qon ajralishi. Oʻpkadagi turli illatlar (yalligʻlanish, sil, oʻsma, abssess, infarkt), baʼzi yurak poroklari, exinokokkoz, zaxm va qon sistemasi kasalliklarida bemor qon tuflaydi. Nafas yoʻllari tomirlarining yorilishi, yurak poroklari oqibatida oʻpkada qon dimlanishi va tomirlar devori oʻtkazuvchanligining oshishi ham Qon tuflashga sabab boʻladi. Koʻpincha milk yoki burun qonashi natijasida nafas yoʻllariga qon oqib tushib, soxta Qon tuflash roʻy beradi. Qon tuflaganda qon aralash balgʻam, "toza qon laxtalari" (boʻlaklari) yoki balgʻam zang rangida boʻlishi mumkin. Qon tuflashda qon qoʻp ajralishi oʻpkadan qon ketishidan dalolat beradi. Bemorni orqasiga narsa qoʻyib suyab oʻtqazib qoʻyiladi; gaplashish, harakat qilishga ruxsat etilmaydi, zudlik bilan vrach chaqirish, Qon tuflash sababini aniqlash va tegishli davo choralarini koʻrish lozim.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |