Qon uni
Qon uni — soʻyilgan mollar qonini qayta ishlab tayyorlanadigan mahsulot. Chorva mollari, asosan parranda, moʻynali hayvonlar va choʻchqalarni boqishda protein manbai sifatida ishlatiladi (1-nav Qon unida 80% dan ortiq protein bor). Namligi 9% boʻlgan 1 kg Qon unida 1,06 ozuqa birligi va 758 g hazm boʻladigan protein boʻladi. Choʻchqa va parrandalar ozuqa ratsionining 10% ga qadar qoʻshiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |