Qon yaratilishi stimulyatorlari
Qon yaratilishi stimulyatorlari — qon yaratilishini kuchaytiruvchi dori moddalari guruhi. Qon yaratilishi stimulyatorlaris. ning kimyoviy tarkibi va taʼsir mexanizmi turlicha boʻlib, eritrotsitlar (eritropoez) yoki leykotsitlar yaratilishi (leykopoez) ni kuchaytiradi.
Baʼzi vitaminlar — folat kislotasi, sianokobalamin, piridoksin, nuklein kombinatalari sintezini tezlashtiruvchi — pentoksil, metilurapil. natriy nukleinat va leykogen; stero-id gormonlar — glyukokortikoidlar, androgen preparatlar, litiy tuzlari Qon yaratilishi stimulyatorlaris. hisoblanadi.
Buyrakda ishlab chiqariladigan eritropoetin gormoni qizil qon tanachalari yaratilishini, shuningdek, leykopoetin leykotsitlar hosil boʻlishini, trombopoetin moddasi trombotsitlar yaratilishini faollashtiradi. Hozirgi chuqur leykopeniya va trombotsitopeniya holatlarini davolash uchun G-KSF (granulotsitar koloniya stimullovchi faktor) — neypogen, GM-KSF (granulotsitmonotsitar koloniya stimullovchi faktor) deb atalgan preparatlar qoʻllanilmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |