Qon yaratuvchi aʼzolar
Qon yaratuvchi aʼzolar - odam va hayvonlarda qon va limfa hujayralari hosil boʻladigan aʼzolar. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda qizil koʻmik, taloq, limfa tugunlari, ayrisimon bez Qon yaratuvchi aʼzolara. hisoblanadi. Qizil koʻmik asosiy qon yaratuvchi aʼzo. Qizil koʻmikning hamma toʻqimasi qonning yetilgan hujayra elementlari bilan toʻla boʻladi. Qizil koʻmikdan farq qilib, sariq koʻmikda yogʻ ham boʻladi. Koʻmikda eritrotsitlar, leykotsitlarning turli shakllari va trombotsitlar shakllanadi.
Limfa tugunlari (qarang Limfa sistemasi) qon yaratilishi va organizmning himoya reaksiyalarida qatnashadi, ularda, asosan, limfotsitlar rivojlanadi. Qon yaratish aʼzolarining asosiy vazifasi qon hujayralarining yemirilishiga qaramay, ularni doimiy nisbatda saqlab turishdan iborat.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |