Qonli bit
Qonli bit, qonli olma biti — oʻsimlik bitlari oilasiga mansub hasharot. Tanasi 2,1—2,6 mm. Olmaning xavfli zararkunandasi. Vatani — Amerika. Janubiy Afrika, Yevropa, Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekistonda tarqalgan. Bir mavsumda 19-marta nasl beradi. Olma (baʼzan nok) tanasida, ildizida qishlaydi. Qonli bit toʻdalari oʻzidan oq mumsimon ip ajratib, novda, poya hamda ildizni oʻraydi va oʻsimlik shirasini soʻrib oziqlanadi. Daraxtning zararlangan joylari yoʻgʻonlashadi, boʻrtma va yaralar paydo boʻladi. Oʻsishi hamda hosildorligiga, ayniqsa, yosh nihollarga zarar keltiradi. Kurash choralari: bahorda qishlovchi lichinkalari va urgʻochi bitlarga qarshi nitrafen purkash; biologik qarshi kurash maqsadida afelinusdan foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |