Qontepar
Qontepar — qontepardoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. 5 turni oʻz ichiga oladi. Qalin momiq tuklar bilan qoplangan koʻp yillik oʻt. Ildizi yoʻgʻon, tuganaksimon. Poyasi bitta yoki bir nech-ta; tik, balandligi 40—60 sm. Barglari choʻziq tuxumsimon yoki nashtarsimon, uz. 10— 20 sm, eni 1,5—5 sm, 3 karra patsimon boʻlingan, qalin tukli, tupguli shingilsimon. Gullari sariq, changchisi 10 ta. Aprel — iyunda gullab, meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi past togʻlarda, ularning pastki va oʻrta qismidagi toshli yonbagʻirlarda tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |