Qopchigʻay adiri
Qopchigʻay adiri - Fargʻona botigʻining jan. qismi (Fargʻona viloyati)dagi adir. Jan.dan Yormozor adirorti botigʻi, shim.dan Soʻx, Aravon-Shahrixon daryolari yoyilma konsuslari bilan oʻralgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa 20 km ga yaqin masofaga choʻzilgan, eni 1—1,5 km. Eng baland joyi 735 m. Jan.gʻarbga pasayib boradi. Shimoliy yon bagʻri qiyaroq. Yon bagʻirlari koʻplab quruq soy va jarliklar bilan kesilgan. Tektonik jihatdan braxian-tiklinal struktura. Toʻrtlamchi davrda yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr konglomeratlari, gillari, shagʻal toshlardan tashkil topgan. Bular lyossimon jismlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, 200–250 mm yogʻin tushadi. Boʻz tuproqlar tarqalgan, rang, qoʻngʻir-bosh, shaytonkavush va boshqa oʻsimliklar oʻsadi. Hayvonlardan kalamush, qoʻshoyoq, boʻrsiq, jayra, tulki, ilonlar, kaltakesaklar va boshqa uchraydi. Adir hududi yaylov sifatida foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |