Andijon qora uzumi
(Qora andijoniydan yoʻnaltirildi)
Andijon qora uzumi, Qora andijoniy, Qora — xalq seleksiyasida chiqarilgan oʻrtapishar xoʻraki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi toʻgarak, besh boʻlmali, kertikli, toʻq yashil, orqa tomoni tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi choʻziq, 250-300 g, shingillari tigʻizligi oʻrtacha. Gʻujumi yirik, dumaloq, rangi tim qora, poʻsti yupqa, tarang, eti shirali, tarkibida 25-27% qand moddasi bor. Hosili faol harorat 2700-2750° boʻlganda 128-140 kunda pishib yetiladi (avgust oxiri). Hosildorligi 150-200 s/ga. Zamburugʻli kasalliklar va zararkunandalarga chidami oʻrtacha, sovuqqa chidamsiz. Fargʻona va Andijon viloyatlarida keng tarqalgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |