Qora ildiz chirishi
Qora ildiz chirishi - oʻsimliklarning zamburugʻ kasalligi, oʻsimlik toʻqimalarini yemiradi va qoraytiradi. Madaniy va yovvoyi oʻsimliklarning 100 ga yaqin turida uchraydi. Parazit zamburugʻlar va tuproq bakteriyalari qoʻzgʻatadi. Kartoshka, pomidor, qulupnay, uzum, sabzini, tamaki ildizi, paxta tolasini zararlaydi. Kartoshka tuganagi Qora ildiz chirishich.ni bakteriya qoʻzgʻatadi, tuganak oʻrtasi chiriydi, poʻsti qorayadi, yoriqlardan qora suyuqlik chiqadi. Kasallik dalada boshlanib, yigʻib-terib olinganidan keyin ham davom etadi. Pomidor Qora ildiz chirishich.da (zamburugʻ keltirib chiqaradi) koʻk mevalarida qora dogʻlar paydo boʻladi. Tuproqda, zararlangan mevalarda saqlanib qoladi. Gʻoʻza zamburugʻ bilan zararlanadi. Zamburugʻ gʻoʻza qoldiqlarida saprofit sifatida rivojlanadi. Iqlim sharoiti qulay boʻlganda ildizning zararlangan qismi orqali ichiga kiradi, parazitlik qilib, oʻsimlik hisobiga oziqlanadi. 8—33° temperaturada rivojlanadi. Kasallik avgustning 2-yarmida toʻsatdan soʻlish bilan boshlanadi, barglar bir necha vaqt yashil rangda boʻlib, tarangligini yoʻqotadi, ammo toʻkilmaydi. Ildiz boʻgʻzi yoʻgʻonlashib, shakli oʻzgaradi. Ildiz boʻgʻzi toʻqimasi boʻylama kesilganda 5—10 sm dan qizil qoʻngʻir rang koʻrinadi. Paxta hosildorligini 15—20% gacha kamaytiradi.
Kurash choralari: oʻsimliklarga bordo suyuqligi purkash, zararlangan oʻsimlik qoldiqlarini yoʻqotish; oʻsimlik poyalarini ildizi bilan yigʻib olish; yerni chuqur shudgorlash.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |