Qorabogʻ jome masjidi[1] — Toshkent viloyati Angren shahri, Lohutiy koʻchasida joylashgan masjid hisoblanadi.

Masjid
Qorabogʻ jome masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Toshkent viloyati
Manzil Angren shahri
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Qorabogʻ jome masjidi qurilishi uchun Sovet Ittifoqining Din Ishlari boʻyicha Qoʻmitasi tomonidan Moskva shahrida 1989-yil 10-mart kuni 4-sonli dalolatnoma tuzilgan. 1989-yil 14-iyun kuni Angren shahar Xalq deputatlari ijroiya qoʻmitasi raisi Sultonmurod Xolmirzaevning masjid uchun 2 gektar yer ajratish toʻgʻrisidagi 263-sonli qarori imzolangan.

1990-yilning 26-martida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisining oʻrinbosari Yusufxon Shokirov va qozi Abdulgʻani Abdulloh domlalar yangi masjidning qiblasini aniqlab berganlar. Shu vaqtda masjidning birinchi hay’ati tuzilib, qurilish uchun harakat boshlangan.Angren-Ohangaron vohasida Shoʻro hukumati davridagi murattab qori, diniy ilmlar egasi, kolxozdan nafaqaga chiqqan, 84 yoshli Qosimxon qori Boboxonov masjidning birinchi gʻishtini qoʻyib bergan.

Shunday qilib, 1989-1992-yillar oraligʻida mulla Siddiq Foziljonov, mulla Joʻra domlo Turmatov hamda masjid faollari boshchiligida xalq hashari bilan qurib bitkazilgan. Dastlab 1993-yil Toshkent viloyati Adliya Boshqarmasi hay’ati majlisi qarori bilan oʻsha yilning 13-may kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 1-maydagi „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi“ qonuniga asosan[2], oʻsha yilning 11-avgust kuni qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan va 23-sonli guvohnoma berilgan.

Qorabogʻ jome masjidining umumiy binosi 1572 kv.m ni tashkil etadi[3]. Shundan, 1028 kv.m, 309 kv.m. masjid tahoratxonasi va 235 kv.m maydonga 6 xonadan iborat xodimlar xizmat xonalari joylashgan. Masjidning balandligi 6,9 m, tag qismi esa toʻliq yertoʻla qilingan. Tahoratxonada 24 ta xona va tahorat qilish uchun 24 ta nuqta mavjud boʻlib, bir vaqtning oʻzida 48 kishiga xizmat koʻrsatadi. Bu masjidda yillar davomida mulla Siddiq Foziljonov, Jakbarov Abdulqodir domla, Turmatov Xayrulla hamda Baboxonov Yax’yoxon qorilar imom xatib boʻlib xizmat qildilar. Hozirgi kunda „Koʻkaldosh“ oʻrta maxsus islom bilim yurtini tamomlagan Boyniyozov Husniddin qori imom-xatiblik qilmoqda.

Masjid imom-xatibi: Turmatov Xayrullo, Baboxonov Yax’yoxon

Manbalar

tahrir