Qorachiq - kamalak parda o'rtasidagi teshikka aytiladi. Yorugʻlik nurlari Qorachiq. orqali koʻz ichiga kiradi. Qorachiq teshigi kengayib va torayib, yorug'lik o'tishini boshqaradi. Yorug'lik kam bo'lganda qorachiq kengayib, ko'zga ko'proq yorug'lik o'tkazadi. Kuchli yorug'likda qorachiq torayib, yorug'lik o'tishini kamaytiradi, shuningdek, kishi ogʻriqdan iztirob chekkanda va o. taʼsirotlarda u kengayadi. Qorachiq torayishi(parasimpatik) va kengayishi(simpatik) vegetativ nerv sistemasi bo'lib odam ixtiyoriga bo'ysunmaydi. Q. reaksiyalarini tekshirish muhim diagnostik ahamiyatga ega (yana qarang Koʻz).