Qorachoy-bolqor tili - turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, Rossiya Federatsiyasining Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya, AQShda yashovchi qorachoylarning hamda Rossiya Federatsiyasining Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qoʻshni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qora-choylar 150 ming, bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-asr oxirlari).
Q.-b.t., asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 ta: "ch" lovchi - "j" lovchi (qorachoy) va "s" lovchi — "z" lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga boʻlinadi. Mas, quchuk > kutsuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > zuz (yuz), jil > zil (yil) va boshqa Q.-b.t.ning uziga xosligi sifatida yana baʼzan soʻz boshidagi "y" undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — oʻn, eki on — yigirma yuch on — oʻttiz; bir jiyirma — yigirma, yeki jiyirma — qirq, yuch jiyirma — oltmish) kabilarni koʻrsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan oʻmashgan soʻzlar mavjud.
Oʻtgan asrning 20-yillarida "ch" lovchi lahja asosida adabiy Q.-b.t. shakllandi. Yozuvi 1924—26 yillarda arab grafikasi, 1926—37 yillarda lotin grafikasi, shundan keyin rus grafikasi asosida shakllantirilgan.
- Baskakov NA.. Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969; Aliyev U. B., Sintaksis karachevo-balkarskoyu yazika, M., 1973; Problemm semantiki i stilistiki karachevo-balkarskogo yazmka, Nalchik, 1987.
Qorachoy-Bolqor tili — qorachoylar bilan bolqorlarning gaplashuvchi tili. Uning ikki dialekti bor, ularning ajralishi — qorachoylar /tʃ/ va /ʒ/, bolqorlar esa /ts/ va /z/ degan ikki tovushni qoʻllanadi. Turkiy tillarining qipchoq guruhiga kiradi. Asosan Rossiyaning Qorachoy-Cherkes va Kabardin-bolqor respublikalarida keng tus olgan. Shu ikki respublikada davlat tili boʻlib hisoblanadi. Rossiyada 303 ming kishi gaplashadi (2002-yilgi sanoq). Alifbosi 1920—24 yillarda arab alifbosi, 1924—36 yillarda lotin alifbosi, 1936-yildan buyon — kirill alifbosiga asoslangan[2].
Hozirgi qorachoy-bolqor alifbosi
tahrir
А а
|
Б б
|
В в
|
Г г
|
Гъ гъ
|
Д д
|
Дж дж
|
Е е
|
Ё ё
|
Ж ж
|
З з
|
И и
|
Й й
|
К к
|
Къ къ
|
Л л
|
М м
|
Н н
|
Нг нг
|
О о
|
П п
|
Р р
|
С с
|
Т т
|
У у
|
Ф ф
|
Х х
|
Ц ц
|
Ч ч
|
Ш ш
|
Щ щ
|
ъ
|
Ы ы
|
ь
|
Э э
|
Ю ю
|
Я я
|
A a
|
B b
|
C c
|
Ç ç
|
D d
|
E e
|
F f
|
G g
|
Ğ ğ
|
H h
|
I ı
|
İ i
|
J j
|
K k
|
L l
|
M m
|
N n
|
Ñ ñ
|
O o
|
Ö ö
|
P p
|
Q q
|
R r
|
S s
|
Ş ş
|
T t
|
U u
|
Ü ü
|
V v
|
W w
|
Y y
|
Z z
|
0 |
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10
|
ноль (nol) |
бир (bir) |
эки (eki) |
юч (üç) |
тёрт (tört) |
беш (beş) |
алты (altı) |
джети (ceti) |
сегиз (segiz) |
тогъуз (toğuz) |
он (on)
|
- ↑ Perepis-2010
- ↑ Voprosi sovershenstvovaniya alfavitov tyurkskix yazikov SSSR. M., 1972