Qorajanjal
Qorajanjal, Qorasemiz - xalq seleksiyasida chiqarilgan oʻrta kechpishar mahalliy xoʻraki va mayizbop uzum navi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha (diametri 17—22 sm), toʻgarak, usti yaltiroq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik — 300—400 g (boʻyi 16—25 sm), keng konussimon, zichligi oʻrtacha. Gʻujumi yirik (4,8 g), seret, shirali, oval yoki silindrsimon; binafsha-qoramtir, poʻsti qalin. Tarkibida 25—27% qand bor, nordonligi 4—7%, sentabrda pishadi. Uzumining sifatliligi jihatidan xoʻraki navlar orasida 1-oʻrinlarda turadi. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi (23% mayiz tushadi). Toshkent, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida oʻstiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |